MARKETING UNING VAZIFALARI VA TURLARI
Reja:
Kirish
Marketing mohiyati, maqsadlari va vazifalari
Marketing tadqiqot natijalarini qullash sohalari
Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari.
Marketing tadqiqotlarining strategiyasi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyilari.
Marketing tadqiqotlarining usul va shakllari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Hozirgi zamonaviy marketing – bu iste’molchilarning ehtiyoj va talablarini qondirish imkoniyatlari va vositalarito’g’risidagi bilimlar majmui. Marketing keng ma’noda – firma (korxona, tashkilot, konsern, korporatsiya) ning raqobatli boshqarishda, strategiya va taktikasini aniqlovchizamonaviy biznes falsafasi. Zamonaviy bozor munosabatlarini tashkil etishning halqiluvchi vositalaridan biri – marketingdir. Shu bilan bir qatorda har qanday biznesni rejalashtirishdan oldin marketing tadqiqotlarini olib boorish hozirgi zamon talabidir. Marketing – sodda qilib aytganda, tovar va xizmatlar bozorini o’rganish va tashkilqilish yoki bozorshunoslikni bildiradi. Shuning uchun, uning g’oyalari har bir mustaqilfikr yurituvchi tadbirkor yoki firma (oila, korxona va boshqa muassasalar) faoliyatidaqo’ llaniladi. Aslida, marketing asoslari tovar va xizmatlar ayriboshlash hamda oldi-sotdisi vujudga kelgandan beri kishilik jamiyatida shakllanib va rivojlanib kelmoqda.Aholining birlamchi talabini qondirish-kundalik oziq-ovqatlar va eng zaruriynooziq-ovqat mollarni xarid qilish ularni ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchunko’p muammolar tug’dirmaydi. Ammo aholi daromadlari o’sib borishi, iste’molchilarning ikklamchi talabiga muvofiq ust-bosh kiyim va uy-ro’zg’ortovarlarini ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil etish birmuncha yuqori saviyanitalab etadi. Iste’molchilarning talabini hozirgi (uchinchi) bosqichda-hayot kechirishiniyuqori darajaga ko’tarish bilan bog’ liq bo’lgan ehtiyojni qondirishga o’tilishimarketingning ham tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi haqiqiy konsepsiyasiga aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Marketing esa, ilm-fan sifatida-milliy, hududiy va jahon bozorlarida “talab va taklif” o’rtasida muvozanato’rnatishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Marketing tizimining maqsadi mumkin darajada tovar va xizmatlarga bo‘lgan maksimal iste’molni aniqlash, maksimal iste’mol qoniqishiga erishish, maksimal keng tanlovni taklif qilish, tovar va xizmatlarning sifatini maksimal oshirish va o‘z iste’molchilar safini kengaytirishdir.
Ayrim iqtisodchilar fikricha, marketintning maqsadi ishlab chiqarishni ish bilan bandlik va boyliknint o‘sishini ta’minlovchi yuqori iste’molni engillashtirish va rag‘batlantirishdir. Boshqalarning fikricha, aksincha, marketing maqsadi mumkin bo‘lgan maksimal istemol darajasida emas, balki maksimal istemol qoniqishiga erishishdan iborat. Lekin, birinchidan, aniq tovarning iste’mol qoniqish darajasini o‘lchash mumkin bo‘lmagan va mumkin emas. Ikkinchidan, aniq marketing qarorlaridan, alohida iste’molchilar tomonidan olinadigan bevosita
qoniqish atrof-muhitning ifloslanishi va u keltiradigan zarar kabi salbiy natijalarni hisobga olmaydi. Shunday qilib, marketing tizimi va uning faoliyati samarasini ehtiyojlarning qondirilishi ko‘rsatkichlari asosida baholash juda murakkab va deyarli mumkin emas. Uchinchi guruh iqtisodchilarning fikricha, marketing tizimining amaliy maqsadi tovarlarning maksimal mumkin bo‘lgan darajadagi xilma-xilligini ta’minlash va iste’molchiga maksimal keng tanlovni yaratishdir. Bu tizim iste’molchiga uning didiga ko‘proq javob beruvchi tovarni topish imkonini berishi kerak, degan fikr yotadi.
Mijozlar o‘z ehtiyojlarini maksimal qondirish imkoniga ega bo‘lishlari va natijada ko‘proq qoniqish olishlari zarur. Shunday nuqtai nazar borki, unga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi «hayot sifatini» yaxshilash, deb hisoblaydilar. Bu qarash tarafdorlari marketing tizimini ular taklif etayotgan iste’mol qoniqish darajasi bilangina emas, balki jismoniy va madaniy muhit sifatida ko‘rsatiladigan ta’sir bilan ham baholaydilar.
Dostları ilə paylaş: |