11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. 53. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 54. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 55. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi 56. Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun to‘lovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(12-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)