55
Ijtimoiy sohada ko’rsatkichlar va statistika to’rt darajaga bo’linadi: xalqaro,
milliy, regional, mahalliy. Ular yagona kontseptual asosda qurilgan, yagona
ahborot tizimi doirasida birlashgan va xalqaro me’yorlarga mos.
XX asr oxiri ijtimoiy menejmenti innovatsion madaniyat - ijtimoiy sharoitda
shakllanmoqda. Bu umumiy boshqaruv mada-niyatining eng muhim elementiga
aylanmoqda. Uni amalga oshirishning muhim mexanizmi bo’lib ijtimoiy
menejment aqliy va ishlab chiqarshi sohasida, xizmatlar, turistik biznes, pullik
meditsinada tadbirkorlikning turli ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi.
Yangi bozor tadbirkordan innovatsion va yanada ko’proq ijodiy hulkni talab
qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol. U kichik tadbirkorlikka nafaqat
tirik qolishga, balki boshni ko’tarib, yirik va o’rta korxonalar bilan muvaffaqiyatli
raqobatlashishga imkon beradi. Shu yillarda tadbirkorlik xulqining butun ish
strategiyasi negizidan o’zgarmoqda: iste’mol-chilarga
mavhum yondashuvdan -
ularning ehtiyojlarini, individual didlarini o’rganishga o’tilmoqda. Egiluvchan va
dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj sezil-
moqda. Bir so’z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorligi, avvalambor boshqaruv
sohasida innovatsiyaga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: