52
Markazlashgan holda, ijtimoiy rivojlanish fondlari tuzilgan, aholini ijtimoiy
himoyalash alohida dasturlari qo’llab-quvvatlangan, ilmiy ishlar qilingan. Lekin,
bu ishning natijalari etarli bo’lmagan: ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’lar va
resurslarni taqsimlashning tenglashtirilgan tamoyili amal qilardi, qator regionlarda
amaldagi ijtimoiy me’yorlardan ortda qolish kuzatilardi. Dastur va loyihalar
ko’pincha moddiy-moliyaviy ta’minot va aniq amalga oshirish mexanizmiga ega
bo’lmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyatning ijtimoiy yangilanishiga
yo’naltirilgan qator tamoyil va mezonlarni sanab o’tamiz:
1
Bozor xo’jaligini
yaratish - maqsad emas, balki har bir fuqaroga loyiq
hayotni ta’minlash vositasi. Shuning uchun, bozor mexanizmlarini kiritib, davlat
birinchi navbatda ijtimoiy ustuvor yo’nalishlarini aniqlab,
aholini ijtimoiy
himoyalash chora-tadbirlarini ta’minlashi zarur.
2
Jamiyatni ijtimoiy sog’lomlashtirishga aholini ijti-moiy himoyalash tizim
va tamoyillarini o’zgartirish orqali erishish mumkin. Uning amalga oshirilishi
jamiyatning, shuningdek, barcha ijtimoiy - siyosiy institutlarning nazoratida
bo’lishi kerak.
3
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mavjud resurs-larni ekspert baholash
mexanizm va mezonlarini ishlab chiqish zarur.
4
Iqtisodiyot nafaqat bevosita
ishlab chiqarish zaxira-lariga, balki aholining
ko’pga kechiktirilgan ijtimoiy ehtiyoj-lariga «qaratilishi» zarur.
5
Ijtimoiy ustuvor yo’nalishlar byudjet, soliq, inves-titsion siyosat asosida
bo’lishi zarur.
6
Eng kam yashash darajasi, «iste’mol savatini ta’minlash» - davlat
siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan biri.
7
Davlat darajasida xususiylashtirish siyosatiga
ijti-moiy-iqtisodiy baho
berish, uni davlat mulkining ustuvor manfaatlari nuqtai-nazaridan
o’tkazilishini
ta’minlash muhim.
8
Regional siyosatning yo’nalishlaridan biri-aholining bandlik tizimini
yaratish, ishlovchilarning malakasini oshirish va yangi ish joylarini yaratish
lozimligidir.
9
Ijtimoiy sohaning ahvoli ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan biriga rioya
qilmaslik shakllanayotgan jamiyat farovon-ligi tizimini buzadi.
Ijtimoiy soxaning xolati bir qancha omillardan tashkil topib,
jamiyatning
g’amxo’rligini shakllangan tizimi asosida rivojlanadi.
Jamiyatning turli qatlamlari o’rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi asosiy
omillar quyidagilar:
mazkur xududdagi tabiiy iqlim sharoitlari;
davlat boshqaruvi tizimidagi sub’ektlarning o’zaro munosabatlari;
53
regional boshqaruv sub’ektlarining iqtisodiy erkinlik darajasi va xarakteri
(qonunchilik munosabatlari tizimida);
ichki bozorning rivojlanish darajasi;
davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanganligi darajasi;
butun ishlab chiqarish, shuningdek, mehnat
qurollari va anjomlarining
rivojlanganlik darajasi;
davlat doirasida regionlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarning ahvoli;
markaziy va regional hokimiyat organlarida regional manfaatlarning
namoyon bo’lish darajasi;
davlat miqyosida ijtimoiy boshqaruvning ilmiy asosi mavjudligi;
mustaqil regional ijtimoiy siyosatning mavjudligi;
iste’mol va davlatdagi barcha ijtimoiy ta’minot manbalari yordamida
ularni qondirish imkoniyatlari hisobi, regional marketingning
rivojlanganlik
darajasi;
mahalliy bozorning rivojlanganligi va hududda hududiy menejmentning
mavjudligi.
Umumdavlat va regional ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga
oshirishda yuqorida sanab o’tilgan va boshqa omillarning hisobi - aholining
barcha qatlamlari manfaatlarini ularni turli mulk shakllariga munosabatini hisobga
olgan holdagi asosiy sharti. Bunda davlat hokimiyat organlari barcha mulk
shakllarining rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishlari kerak.
Qisqa
xulosalar
Ijtimoiy siyosatning mazmuni va mohiyati, uni ishlab chiqish va amalga
oshirish mexanizmlari va tamoyillari. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
samaradorligini baxolash mezonlari. Ijtimoiy siyosat va munitsipal ijtimoiy
menejmentni amalga oshirish zarurati.
Dostları ilə paylaş: