Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.

Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.