1 Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari.
2. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O'zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog'liq. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun “Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” ekanligi va buning uchun “Maktab- o'rta -oliy ta'lim, ilmiy - tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy - ma'rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta'kidladi.
O'zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz ta'limni isloh qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot ishlariga yanada ma'suliyat bilan yondoshishni taqozo etadi. Chunki Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi pedagogik tadqiqotlar oldiga katta va mas'uliyatli vazifalarni qo'ydi.Dasturda “Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish” sohasidagi vazifalar alohida belgilab berildi.
Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki maktab o'qituvchilari ham shug'ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Universitet va pedagogika institutlarida talabalarning ilmiy- tadqiqot ishlari, asosan, professio-nal-pedagogik, o'quv-tarbiyaviy yo'nalishda amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
talabalarda izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o'quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondashishni rivojlan-tirish;
mutaxassislikka oid va pedagogik- psixologik fanlarga oid o'quv-tadqiqot ko'nikma va malakalarini shakllantirish;
Hozirgi davrda pedagogikaning dolzarb muammolari.
1. Tarbiyaviy jarayonning mohiyati va qonuniyatlari:
2. Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo'llari, xususan ongli, mehnatga munosabat, vatanparvarlik, javobgarlik, burchni sevish, pok vijdon kabi milliy hamda umuminsoniy sifatlarni shakllantirish.
3. Shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari ta'limni mehnat amaliyoti bilan bog'lash, aqliy, jismoniy va mehnat, estetika va mavkuraviy, ijtimoiy va individual sifatlarin shakllantirish.
4. Tarbiya va o'z- o'zini tarbiyalash, tarbiya va qayta tarbiyalash va xaqozo.
5. O'quvchilarni tug'ma qobilyat va mahoratlarini aniqlash va rivojlantirsh, ta'limga individual yondashish.
6. Bolaning har - xil yoshdagi sifatlarini, motiv va qiziqishlarini aniqlash, ularning tarbiyachilarga ota - onalariga, tengdoshlariga, kattalarga munosabatlarini, o'z - o'zini tarbyalashlarini o'rganish.
7. Tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishining samarali yo'llarini izlash.
8.O'qituvchi ta'siri xulqidagi etika va estetika.
9. Bolalar jamoasini shakllantirishning samarali yo'llari.
10. Bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish ularning aqliy faolligini rivojlantirish.
11. O'quv ishining samarali yo'l va usullarini izlash.
12. Bolani oilada va maktabda tarbiyalashning yagona tizimini yaratish va h.
Ilmiy tadqiqot uchun quyidagilar muhim.
1). Muhim ilmiy tushuncha va tasavvurlarni bilish.
2). Faktlar, hodisalarni aniq yozib borish.
3). Bir - biriga o'xshash faktlarni ularning muhim belgilariga ko'ra tanlash.
4) Faktlarni umumiy qoidalarga muvofiq belgilariga ko'ra gruhlash.
5) Fakt va hodisalarni tahlil qilish, ularning umumiy, alohida, muhim va ikkinchi darajalarini ajratish.
6) Fakt va hodisalarni taqqoslash, ularning o'xshashlik va farqlarini, tasodifiy yoki qonuniylarini topish.
7). Tushunchalarni aniq belgilash, chunki tushuncha ilmiy bilishning fanga erishilgan darajasini aniqlash pog'onasi.
8). Isbot va rad qilishlarni ilmiy diskussiya va ma'lum fandagi har xil tadqiqotlardagi qarashlar asosida ko'rsatish.
9). Rivojlanish tendensiyasini ko'ra bilish.
10). Ilmiy xulosa.
Ilmiy tadqiqotning eng muhim tarkibiy elementlari katoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Tadqiqot predmeti (yoki ob'ekti), ya'ni nima o'rganiladi (sifatning shakllanishi : uning boshqa sifatlar bilan aloqasi, hodisa yoki jarayonning harakteristkasi, ma'lum yoshdagi, ma'lum muhitdagi bola tarbiyasining tashqi va ichki omillari, tendensiyasi, sharoit va mohiyatini aniqlash).
2. Тадқиқотнинг мақсади, яъни тадқиқотнинг предмети нима учун ўрганилади.( тарбиянинг илмий асосларини ишлаб чиқиш, тадқиқот мавзуси юзасидан янги илмий информацияларини топиш, амалий ишлар натижасини таҳлил қилиш,ва бошқалар).
3. Tadqiqotning vazifasi, yangi o'rganilayotgan ilmiy muammoni tekshirishning predmetga muvofiq maqsadini konkretlashtirish. Maqsad fanning umumiy holatiga ko'ra pedagogik nazariyaning rivojlanishi zaruriyati belgi-lanadi.Tadqiqotning vazifasi faqat maqsaddan kelib chikibgina qolmay, maktabda tadqiqot ishlarini hisobga olish sharoitlari, tadqiqotning imkoniyatlari, amaliyot tajribalaridan kelib chikadi.
4. Tadqiqotning dastlabki konsepsiyasi, tadqiqotchi o'z ishiga asos qilib oladigan nazariy qoida-lar.Tadqiqotchining tayanch pozisiyasi - fanning holatini chukur tahlil qilish natijasida, adabiyotlardagi eng muhim umumiy g'oyalarini ko'rsatish, qoida va tavsiyalar.Dastlabki konsepsiya fanda nima ma'lum, hamma tomondan tan olingan, qaysi masalalar bo'yicha alohida qarashlar yo'q, nima (ma'lum) kam o'rganilgan, fanda qaysi savollarga javoblar yo'q kabilarni aniqlashga yordam beradi..Bu esa tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashga, gepotezalar ishlab chiqishga yordam beradi.
5. Ilmiy gipoteza, ya'ni o'rganilayotgan jarayon, hodisa qanday boradi, ma'lum sifat shakllanishi bilan bolada qanday o'zgarishlar bo'ladi, jarayonning borishi nimaga bog'liq bo'ladi va hakozolarni taxmin qilinmoqda. Gipoteza ongda bajaraladigan o'ziga xos tadqiqot. U tadqiqot boshlan-masdan oldin ilmiy xodim tomonidan ishlab chiqiladi.
6. Tadqiqot metodikasi - tadqiqot vazifalari bajarilishiga yordam beradigan, ilmiy gipotezalarni tekshirishga, ishonchli ilmiy faktlarni olishga yordam beradigan priyom, yo'l va usullar ro'yxati.
7. Ishlab chiqarilgan tadqiqot metodlari sohasida ilmiy faktlar olish va ularni analiz qilish - pedagogik tadqiqotning natijalarini oilada va maktabda olib borilgan tarbiya natijalaridan ajratish va tadqiqot ishlarining mazmuni bilan bolalarning tarbiyalanganligini o'rtasida bog'liqlik o'rnatish.
8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, ya'ni tadqiqot natijasida olinganlarning muhimmlarini ajratish, pedagogik nazariya uchun g'oya va xulosalar chiqarish.
9. Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo'llash - bu ishning yakuniy etapining muhim elementi. Unda konkret metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi, metodik qo'llanmalar yaratiladi, tadqiqotchining pedagogik g'oyalarini ommaviy qo'llash uchun targ'ibot qilinadi.
Har qanday pedagogik tadqiqot o'z ichiga yuqoridagi izchillikni olishi va bu tarkibiy qismlar orasida uzviy bog'liqlik bo'lishi lozim.
Pedagogik tadqiqotlarda asosan quyidagi yo'nalishlar bo'lishi mumkin.
1. Tarbiya nazariyasi.
2. Didaktika.
3. Oliy maktab pedagogikasi.
4. Pedagogik psixologiya.
5. Oila pedagogikasi, kasbga yo'llash, chet el pedagogikasi va boshqalar.
Tadqiqotning asosiy predmetlari qilib quyidagilarni olish mumkin.
1. O'qituvchi (yoki ota- ona) faoliyati.
2. Pedagogik jamoa (yoki oila) faoliyati.
3. Bolalar jamoasi faoliyati.
4. Jamoatchilik ishlari (ishlab chiqarish, turar joylardagi maktabdan tashqari muassasalari, klublar, madaniyat uylari va hakozolar).
5. Bolalarning o'z faoliyati.
6. Tarbiyaviy jarayon ob'ekti va sub'ektining o'zaro ta'siri.
Pedagogik tajribalarni umulashtirish, tadqiqot ishlarini o'tkazishning eng muhim yo'lidir. Masalan, ko'pgina tajribali o'qituvchilarning ish tajribalari pedagogik fikr taraqqiyotiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Ilg'or pedagogik tajribalarga tayanish va uning ma'nosiga tushunish ko'pgina ilmiy ishlarning manbai hisoblanadi.