Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə66/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

Ijtimoiy ish
Psixologik

pedagogik

Ijtimoiy diagnostika
Metodlari
Intervyu
Monitoring
Ijtimoiy so`rov
Ekspertiza
Biografik metod
Ijtimoiy profilaktika metodlari
Preventiv metod
Ijtimoiy davolash
Sotsiodrama
Ko`llab-kuvvatlash
Ijtimoiy nazorat metodlari
Ijtimoiy nazorat
Ijtimoiy vasiylik
Ijtimoiy tibbiy gamxo`rlik
Ijtimoiy xizmat ko`rsatish
Ijtimoiy reabilitatsiya metodlari
Mexnat terapiyasi
Gurux terapiyasi
Makom o`zgarishi
Inkiroz kelishi
Tashqiliy_metodlar'>Ijtimoiy iktisodiy metodlar
Imtiyoz metodlari
Kompensatsiya metodlari
Ijtimoiy patronaj
Tibbiy patronaj
Ijtimoiy iktisodiy choralar
Tashqiliy metodlar Reglamentlashtirish
Normalashtirish
Tankid
Ijro nazorati



Psixotashxisli Intellekt va kobiliyatlar testlari
SHaxsiy so`rovnomalar
Loixaviy testlar
Rasmli testlar
Sotsimetriya
Psixokorrektsion metodlar
O`yin terapiyasi
Tajriba ijtimoiy psixologik trening
Xulk-atvor treningi
Psixologik maslaxat berish metodlari
Empatik tinglash
SHarxlash
Identifikatsiya
Fasilitatsiya
Gipotezalarni ilgari surish
Psixoterapiya metodlari
Suggestil
O`z-o`zini ishontirish
RatsionallaShuv
Psixotaxlil
Tranzakt taxlil
Gurux terapiyasi
Xulk-atvor terapiyasi
Oilaviy psixoterapiya

Tashqiliy
Pedagogik eksperiment
Pedagogik tashxis metodlari
Pedagogik kuzatuv
Tabiiy eksperiment
Ta’lim metodlari
Ogzaki (xikoya, suxbat, baxs, ma’ruza)
Ko`rgazmali (namoyish, darslik bilan ishlash)
Amaliy (mashklar, laboratoriya ishlari, didaktik o`yinlar, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar)
Tarbiya metodlari
Namuna
Ishontirish
O`kitish
Jazolash
Maktash
Mashk
Istikbol
O`yin
Ishonch
Muvaffakiyat
O`z-o`zini tarbiyalash

Ishontirish metodi jamiyatda kabul qilingan meyorlarni bola xulki va faoliyoti motivlariga ko`chirishga yordam berib, e’tikodni shakllantiradi.
E’tikod - bu bolaning ma’naviy bilimlarining xakikiyligi va adolatliliga kat’iy ishonch bo`lib, u shaxsning axlokiy faoliyatga va xarakatga ichki xoxishidir. E’tikod - bu muayyan xarakatning zarurligi va to`griligini tuShuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongi, xis - tuygulari va irodasiga ta’sir o`tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning xulki va kizikishlarini, shaxsiy tojribasini xisobga olishi zarur.


Mavzu yuzasidan savollar:
1.Ijtimoiy pedagogik tadqiqot metodlarini sanab bering?
2.Ijtimoiy ish yo’nalishlari nomini ayting?
3.Ijtimoiy reablitatsion metodlarni sanab bering


Seminar mavzular
1-Mavzu: O’zbekistonda faoliyat olib boruvichi ijtimoiy-reabilitatsion muassasalar.
REJA:
1.Mustaqillik yillarida ijtimoiy-reabilitatsion muassasalarning tubdan yangilanishi.
2.Bolalar va o`smirlarga yordam ko`rsatish majmuasining umumiy kontseptsiyasi.
3.Bolalar va o`smirlarga yordam ko`rsatish xizmati strukturasi va tuzilishining tamoyillari.
4.Ta’lim tizimidagi hududiy reabilitatsiya xizmati.
5.O’zbekistonda SOS – bolalar mahallasining faoliyati.
Maxsus statistika va sotsiologik tadqiqotlar Shuni ko`rsatadiki, ko`plagan mamlakatlarda bolalar va o`smirlar og`ir axvolda yashayotgan bo`lib, bunday og`ir ahvol, nochorlik ularning: - psixologik va fiziologik sog`ligining pasayib ketishida, haq-huquqlarining buzilishida, ularga nisbatan kuch, zo`ravonlik ishlatilishida, alohida pedagogik faoliyat, xizmat ko`rsatish talab etiladigan, Shuningdek, ijtimoiy kelib chiqishi past tabaqa oilalarning farzandlarini maktablardan siqib chiqarilishida, bunday bolalar va o`smirlarni ish bilan ta’minlash, joylashtirishda umumdavlat tizimining yo`lga qo`yilmaganida, aqliy jihatdan orqada kolgan, jismonan ojiz va zaif bolalar hamda o`smirlarni o`qitish, ular bilan korrektsion ish olib borish, ish bilan ta’minlash muammolarining davlat organlari, progressiv jamoatchilik tomonidan nazardan chetda qoldirilganligida namoyon bo`lmoqda.
Mana Shu kabi dolzarb muammolarning davlat miqyosida hal etilmaganligi balog`atga yetmagan yetim, qarovsiz, aqliy jihatdan orqada kolgan bolalar va o`smirlar o`rtasida jinoyatchilikning ortib borishiga sabab bo`lmoqda. Shu sababli: - Bolalar va o`smir yoshlarning ijtimoiy hayotini, ularning ichki ma’naviy dunyosini soglamlashtirishga oid chora va tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirmoq kerak. Buning uchun esa: 1. bolalar va o`smirlar rivojlanishining buzilish sabablarini aniqlash, ularga pedagogik, psixologik, tibbiy yordam berishning usul va vositalarini belgilab olib, amalda bajarilishini yo`lga qo`yish. 2. Normal bola va o`smir shaxsini rivojlantirishga qaratilgan tarbiya va ta’lim jarayonini adekvat taxlil etish lozim.
Voyaga yetmagan yoshlarning aqliy, jismoniy va psixologik jihatdan orqada kolishini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iqtisodiy, ma’naviy va siesiy) sog`lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta’minlaydigan tarbiya va ta’lim berish tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o`smirlarga yordam ko`rsatish tizimini tubdan isloh qilishdir. Bu tizim bolalar va o`smirlarning ma’naviy-axlokiy sogligini, konstitutsion haq-huquqlarini ximoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar huquqini ximoya qilish haqidagi Konventsiyadir.
Bolalar va o`smirlarga yordam ko`rsatish xizmati strukturasi va tuzilishining tamoyillari. YOrdam ko`rsatishning reabilitatsion xizmati bolalar va o`smirlarga ijtimoiy - huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo`llab quvvatlashni ta’minlashga qaratilgandir. Bu xizmat ularning : a) turmush sharoiti va tarbiyasini jadallashtirishga ko`mak berishi orqali, b). shaxsiy mol mulkka egalik huquqlarini himoya qilish orqali, v). voyaga yetmagan yoki estremal holatlarga tushgan, sharoiti og`ir oila farzandlariga turli xilda yordam berish orqali, g). qaltis guruxdagi oilalar va voyaga yetmaganlarga yordam berish orqali, d). kashandachilikka ruju qo`ygan oilalarning, ekstremal holatlarning qurboni bo`lgan yoki ota-onasiz qolgan voyaga yetmagan bolalarga turli xil yordam berish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-huquqiy, psixologo-tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. qonunga muvofiqlik, 2. insonparvarlik. 3. adolatparvarlik. 4. demokratiya. 5. tashkilotchilik va nazorat. 6. differentsial va individual yondashish. 7. o`z vaqtida yordam berish. 8. yordamning yetarli va kompleksli bo`lishi. 9. ilmiy asoslanganganlik va xizmat ko`rsatishda hududni xisobga olish.
Hududiy tamoyildan kelib chiqqan holda xizmat ko`rsatish ma’lum davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Xizmat tajribalarini umumlashtirish, ilmiy-metodik tavsiyalar berish, xizmat ko`rsatish xodimlarining malakasini oshirish uchun shaxar, viloyat, tuman va Respublika ilmiy metodik markazlari tashkil etiladi. Ularning eng asosiysi tuman ijtimoiy xizmat ko`rsatish tashkilotidir. Bolalar va o`smirlarga yordam ko`rsatishning tuman xizmat bo`limlari quyidagi strukturada tashkil topadi:
1. Psixologo-tibbiy, pedagogik yordam ko`rsatish.
2. Kasb tanlash buyicha maslahat berish bo`limi.
3. Tashqiliy axborot bo`limi.
4. Oilaviy hayotning uygunligini ta’minlash va jinsiy tarbiya bo`limi.
5. Metodik ishlar bo`limi.
6. O`qituvchi va tarbiyachilar bilan maslaxat berish ishlarini olib borish bo`limi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin