MULOQOTNING UCHINCHI TOMONI UNING PERTSEPTIV TOMONIDIR
Muloqot jarayonida odamlar bir birlari bilan ma`lumot almashib. o`zaro ta`sir kursatibgina qolmay, balki bir birlarini to`g’rirok va anikrok anglashga tushunishga va idrok kilishga xarakat kiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan boglikdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarning bir birlarini to`g’ri tushunishlari va anik idrok kilishlari muloqotning samarali bo`lishini ta`minlaydi. Rus psixologi A. A. Badalev boshchiligida laboratoriya bir birlarini idrok kilish mexanizmlarini aniklash borasida kator psixolog qonuniyatlarini ko`zatgan. Bunday mexanizmlarga idyontifikatsiya, refleksiya va steriotipizatsiyalar kiradi. Idyontifikatsiya shunday psixolog xodisaki, bunda suxbatdoshlar birbirlarini to`g’rirok idrok kilish uchun o`zlarini bir birlarining urniga kuyib kurishga xarakat kiladilar. YA`ni o`zidagi, bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orkali boshka birovki tushunishga xarakat kilish, o`zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz idyontifikatsiyadir. Masalan. birinchi marta uchrashuvga ketaetgan yigitning ichki xolatini uning urtogi yoki akasi tushunishi mumkin.
Reflektsiya muloqot jarayonida suxbatdoshning pozitsiyasidan turib. uni tasavvur kilishdir, ya`ni refleksiya, boshka odamning idrokiga taallukli bo`lib, o`ziga birovning ko`zi bilan karashga intilishdir. CHunki, bu siz odam muloqot jarayonida o`zini anik bilmasligi, noto`g’ri muloqot frrmalarini tanlashi mumkin.
Steriotipizatsiya odamlar ongida muloqot mobaynida shakllanib urnashib qolgan kunikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish xollaridir. Ijtimoiy stereotiplar xar bir shaxsda u yoki bu guruxli kishilar xakida shakllangan obrazlardir. A. A. Bodalev va uning shog’irdlari bunday steriotiplar ba`zan muloqotni to`g’ri yo`naltirganligini ta`minlasa, boshka xollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini ko`zatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar k a u z a l a t r i b u ts i ya (lotinchasiga "kao`za" sabab, "otributsio" bermok, xushib bermok ma`nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, ukituvchi bilan ham suxbat bo`lib qolgan odamda suxbat boshidaek "xozir odob axlokdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubxa paydo bo`lishi mumkin. Bu ham steriotip. Bundan tashkari odamlar, birinchi marta ko`rgan odam to`g’risida tasavvo`rga ega bo`lish maksadida uning tashki kiefasi bilan xarakteri urtasida boglikliklar urnatishga xarakat kilarkan. SHunday boglikliklarni aniklash maksadida A. A. Bodalev talabalar guruxiga turlicha kiefali shaxslarning fotosuratlarini kursatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli irodali kishilar ekanligini, 17 tasi peshonasi kyong odamlar aklli ekanliklarini. 3 kishi sochi kattik odamlarning kaysarrok, kat’iy ekanliklarini, 5 kishi kichik buyli odamlar xokimiyatga intilgan, boshkalar ustidan buyruk berishgamoyil, chiroyli odamlar e uta o`ziga bino kuygan yoki nodon bo`lishligini aytishgan va xokazo.
Tabiiyki, bunday fikrlar mutlak to`g’ri emas, lekin kishilar ongida avloddanavlodga utib kelaetgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam xakida tushunchaning shakllanishida u xakida berilgan birlamchi ma`lumot katta rol’ uynaydi. Masalan, usha Bodalev talabalarning ikki guruxiga bir xil portret kursatib, birinchi guruxda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala xolda ham ijtimoiy psixologik xarakteristika berishlarini suragan. Kursatmalar xar xil bo`lganligi sababli berilgan ta`riflar ham xar xil bo`lgan. Birinchi guruxdagi talabalar bu odam mexnatkash, mexribon, shafkatli, gamxur, aklli bo`lsa kerak, deyishgan bo`lsa. ikkinchi guruxdagilar uni beshavkat, makqor, kat`iyatli deb ta`riflashgan. Brinchi guruxdagilar portretdagi ko`zlarni dono, muloypm deyishgan bo`lsa, boshkalar ularni ezuv. beshafkat deb aytishgan.
SHunday kilib, ijtimoiy pertseptsiya yoki odamlarning birbirlarini to`g’ri idrok kilish va tushunish jarayoni muloqotning muxim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jixatdan murakkab bo`lib, unda muloqotga kirishaetgan tomonlarning xar biri apoxida ana shu idrokning ham ob`ekti, ham sub`ekti bo`lib faoliyat kursatadilar. Idrokning ob`ekti sifatida shaxs karalganda unda xosil bo`ladigan "boshka odam obrazi"ning barcha sifatlari va kirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo`lishiga xizmat kiladigan belgilarga: usha odamning tashki kiefasi, uning kiyinishi, o`zini to`tishi. hissiy xolati. ovozi. nutki. kiliklari. yurishi va xokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suxbagdoshga eng ko`p ma`lumot beradigan ob`ektdir. SHuning uchun ham telefonda suxbatlashgandan kura yuzmayuz suxbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir birlarini to`g’ri idrok kilishlari ularning pertsept1sh, ya`ni hissiy bilish (idrok, sezish) soxasiga atokador bo`lsa, bir birlarini tushunishi ularning tafakkur soxalariga bevosita taallukli bo`lib, murakkab jarayondir. Boshka odamni to`g’ri tushungan shaxs uning hissiy xolatiga kira olgan hisoblanadi, boshkacha kilib aytganda, unda e m p a t i ya birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo`ladi. YUksak ongli, madaniyatli, "ko`pni ko`rgan" shaxsgina boshkalarni to`g’ri tushunishi, ularning mavkeida tura olishi mumkin.
Anik va to`g’ri tushunishga taallukli qonuniyatlarga kuyidagilar kiradi
Boshka odam xakidagi ma`lumotning mikdoriy tomoni. Birinchi bor tuknashgan odamlarda bir birlari xakida fakat birlamchi tasavvurgina xosil bo`lishi mumkin. Amerikalik tadkiqotchilar talabalarga boshka talabalarga baxo berish topshirigini berishgan. Baxolar birinchi tuknashuv natijasiga kura, bir xaftadan keyingi kayta tuknashuv natijasida va ikki xaftadan keyin tekshirilgan. Ma`lum bo`lishicha, eng anik tasavvur ikki xaftalik tanishuvdan keyin bo`lar ekan.
Ma`lumotlarni olish tartibi. Boshka odam xakida berilgan ma`lumotga asosan unda usha odam xakida muayyan fikr xosil kilish oson. lekin uni kayta kurish, o`zgartirish ancha mushkul.
Normal intellektning bo`lishi. Intellekt juda yuqori bo`lganda ham, juda past bo`lganda ham boshka odamni to`g’ri tushunish kiyin.
Maxsus tayyorgarlikning bo`lishi. Mutaxassislar 5 kursda ukietgan psixolog talabalar bilan portret chizadigan rassomlarning boshkalarga bergan baxolarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baxolarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baxolari ancha anikrok bo`lib chikkanining guvoxi bo`lishgan.
Hissiy xolatlarning ta`siri. Nurrey degan olimning tadkiqotlarida turli emotsional xolatni boshidan kechiraetgan shaxslarga boshka odamni baxolash topshirigi berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta`sir etib turib, boshka odamning rasmini baxolashni tavsiya etishganda. baxolanadigan shaxsda joxillikka yakin sifatlar ham borligi aytilgan. YAxshi emotsional xolat boshdan kechirilaetgan seriyada esa usha odamda asosan yaxshi sifatlar kayd etilgan.
SHaxsning ochikligi. Kundalik muloqotda ochik, samimiy odam bilan tund, pismik odam baxolari urtasida sifat farklari aniklangan. Bundam tashkari, odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshkalar xakidagi tasavvurlarining anik bo`lishini ta`minlaydi.
Demak, yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan xolda, shaxs tarbiyasi bilan shugullanish uni kelgusidagi murakkab va xilmaxil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik ayniksa, bo`lgusi psixologlar uchun muximki, ular o`z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va xar bir vaziyatda ulardan nixoyatda utkir didlilik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan xolda ularni to`g’ri tushunish malakasi talab kilinadi. Bir so`z bilan aytganda. bir muloqotdagi bilimdonlikdir. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada noeb usuli bor, u ham bo`lsa, ijtimoiy psixologiya tryoningdir.
Tryoning usulining ijtimoiypsixologik moxiyati shuki, bu usul orkali odamlarda muloqot malakalari xosil kilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini to`g’ri to`tishga odatlantiriladi. Boshkacha kilib aytganda. tryoning muloqotga o`rgatishdir. To`g’ri, odam kishilar jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot jarayonida turli muloqot shakllariga o`rganib, o`zida ma`lum muloqot malakalarini shakllantirib boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maksadga karatilgan xolda ham xosil kilishi mumkin, Oxirgi xolat xozirgi zamon kishisining turli ishlab chikarish va muomalasharoitlarida to`g’ri moslashishiga erdam beradi. Bu narsa insonda, YU. N. Emil’yanov ta`biri bilan aytganda. ijtimoiy aklzaqovatning shakllanishiga olib keladi. Ijtimoiy aklzaqovatga ega bo`lgan shaxs o`zini ham. o`zgalarni ham, ularning o`zaro munosabatlarini ham to`g’ri anglaydi hamda turli muloqot shakllarini bashorat kila oladi. Ana shunday aklning bo`lishi uchun psixologlar maxsus tayyorgarlik guruxlari yoki tryoning guruxlari tashkil etishni allakachon taklif kilib chikishgan. SHunday maksadlarda Garbda mashxur bo`lgan Tguruxlar tashkil etilib, unga ixtieriy muloqot jarayonida ma`lum kiyinchiliklarni his kilaetgan shaxslar taklif etiladi. Ijtimoiy psixologik tryoningning asosiy metodlariga guruxiy munozaralar, rolli uyinlar va psixologik sezgirlikni oshiruvchi tryoninglar kiradi. T gurux a`zolari odatda kishidan 15 kishigacha bo`lib, mashgulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. Tguruxining ahamiyati shundan iboratki, u birinchidan. odamlar urtasida ilik o`zaro munosabatlarning shakllanishiga olib kelib, shaxsda birovni tushunishga intilish, uning manfaati yo`lida o`z karashlarini ham kayta analiz kilish ehtiyojini paydo kiladi. Ikkinchidan, Tgurux a`zolari urtasida shunday umimiy "psixologik til" paydo bo`ladiki. ular tez orada o`zgalarni va o`z hiskechinmalarini anglabgina qolmay, balki birbirlariga ham ijobiy ta’sir kursatish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Ularda muloqot mobaynida o`zini "O`zgalar" urniga kuyish, ularning ichki olamini to`g’ri tushunish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi.
Uchinchidan, Tguruxdagi mashgulotlar muloqot jarayonining turli murakkab kirralaridan tashkari, uning mazmuniy tomonlari buyicha ham ishtirokchilarni chiniktiradiki, ular muomaladagi xar ibora va imoishoranint tub ma`nosini tushunishga erishadilar. Masalan, "xayryu yaxshi qoling" iborasini uning kanday oxangda, kay xolatda aytilishiga karab, suxbatdoshning yashirin niyatlarini ukib olish va shunga kura xarakat kilishga o`rgatadi.
Ijtimoiy psixologik tryoningning metodik talablariga kuyidagilar kiradi:
O`quv jarayonida guruxda tashkil etilgan muloqot orkali guruxiy jarayon yoki xolatlardan individual xolatlarga, ya`ni xar bir ishtirokchining o`z shaxsiy "meni"ni tushunishga olib kelishi lozim. CHunki munozara yoki uyinlar jarayonida ishtirokchilar vaziyatni yoki rolni faol o`zlashtirib, xar bir xolatdan o`zi uchun xulosa chikarishga olib kelishi zarur, yoki bo`lmasa. interpsixik jarayondan intrapsixikka aylanishi kerak.
T guruxlarda muloqotning nutk shakllaridan tashkari, uning nutksiznoverbal shakllari ham kyong kullanilishi, ya`ni xar bir o`rganuvchi o`z xulkatvorini verbal nazorat kilishdan tashkari, o`z tanasi, xar bir xarakat, ritmning moxiyatini ham tushungan xolda uni xaetda, amalda ishlatilishiga erishish zarur.
T guruxining xar bir ishtirokchisi albatta o`zo`zini ko`zatish kundaligini yuritmogi. unga xar galgi mashgulotdan sung o`z hiskechinmalari, muammolarni echishdagi shaxeiy ishtiroki, tasavvurlari va boshkalarni odilona ezib borishi ham muximdir a`zosi mashgulotlarni sira ham qoldirmaslikga xarakat kilishi zarur, chunki bu narsa o`quv guruxining muxitiga, a`zolarning o`zaro munosabatlariga bevosita ta`sir kiladi.
Mashgulotlar maxsus xonalarda, shovkinsurondan xoli erda tashkil etilishi, u er did bilan bezalgan, shinam bo`lmogi lozim.
Trypyx a`zolari mashgulotlarga o`zlari uchun kulay kiyimlarda kelishlari lozimki. bu narsa boshkalarda ham, o`zida ham ortikcha hissietlarni tugdirmasligi kerak.
7. Instruktor yoki shu mashgulotlarni utkazuvchi tryonerga aloxida
e`tibor berishi zarur. U o`zi maxsus tayyorgarlikdan utgan, xushmuomala, did
bilan kiyingan, xar bir mashgulotga ataylab tayyorgarlik kurish imqoniyatiga
ega bo`lgan shaxs bo`lishi lozim. U o`z kayfiyati, munozara yoki uyinga shaxsiy
munosabati bilan mashgulotning tabiiy kechishiga xalakit bermasligi, sabr
tokatli, madaniyatli bo`lishi zarur.
Mashgulotlarni tashkil etish shakliga kelsak, u maksad va mazmuniga mos xolda "yumalok stol" atrofida, turtburchak stol atrofida, gilam ustida, ba`zan tik xolda amalga oshirilishi mumkin.
Afsuski, Tguruxlar ayrim yirik shaxarlardagi yirik sanoat qorxonalari raxbarlarini muloqotga tayyorlash. mas`ul shaxslarni kayta tayyorlash kurslarida, psixologlar davrasidagina utkazilmokda. Vaxolanki, muloqotdagi bilimdonlikka erishish,"ijtimoiy akl"ga bo`lish barcha mutaxassislarga zarur. Amaliy psixolog xox.maktabda bo`lsin, xox sanoat qorxonasi yoki boshka idora va o`quv yurtida bo`lmasin, maxalliy sharoitni chukur o`rgangan xolda, u erda raxbariyat bilan kelishilgan xolda Tguruxlari tashkil etmogi va shu yo`sinda ham o`zining, ham atrofdagilarning bilimdonligini oshirib bormogi lozim.
Dostları ilə paylaş: |