Ijtimoiy psixologiya fanining predme ti va vazifalari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/36
tarix22.10.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#65910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING HOZIRGI KUNDAGI MAVQEI


Jamiyat bu insonlar majmuidir. Uning tarakkiyoti va ma`naviy saloxiyati ko`p jixatdan ana shu insonlar urtasida yuzaga keladigan o`zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy hamqorlik faoliyatining mazmuniga boglik. Xar bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o`ziga xos urin va mustakil mavke egallashga intiladi, binobarin, u o`ziga xos intilish, laekat va faollik namunalarini namoyish kiladi. Insonlar urtasidagi o`zaro munosabatlarni hamda xar bir shaxsning jamiyatdagi urni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o`rganuvchi kator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida ijtimoiy psixologiya aloxida urin egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda kadimiy va shuning bilan birgan u uta navkiron fandir. Uning kadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma`naviyatining kadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib karaganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar urtasidagi, ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi bilan e`tirof etilsa, u o`z uslubieti, predmeti va fanlar tizimida tutgan urnining yangiligi insoniyat tarakkietining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darxakikat ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so`z borar ekan uning rasman e`tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Umumiy xolda, xozirgi kunda ijtimoiy psixologiya predmetini kuyidagicha ta`riflash mum kin: ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda hamqorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda xosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e`tiqodlar, goyalar, histuygular, kechinmiar, turli xulkatvor shakllarini tu­shuntirib beruvchi fandir. Demak, xar bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya kilgan xolda o`ziga uxshash shaxslar bilan urnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta`sirida xosil bo`ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish ijtimoiy psixologiyaning muxim tomonidir. Bundan kelib chikadigan umumiy ta`riflarga, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir.
O`zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respubli­ka Birinchi Prezidenti I.A. Karimov oliy ta`limni islox kilishda va malakaziy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida aloxida urni borligiga jamoatchilik dikkatini karatdi. Darxakikat, etuk kadr bo`lish uchun shaxs nafakat o`z iktidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jami­yatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo`lmogi, ijtimoiy fao­liyatni boshkarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamogi zarur. Boshkaruv, marketing va menejment soxalarida. ayniksa, inson omili va uni boshkarishning psixologik tizimini bilishi jamiyatda soglom insoniy munosabatlarni shakllantirish orkali uni kamol toptirish yo`lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta`kidlaganidek, ijtimoiy psixolo­giya va umuman, ijtimoiy faoliyat bilan shugullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruxiy va insoniy munosabatlar moxiyatini taxlil kilish, ularni boshkarishning eng samarali usullarini xaetga tadbik etishdir. Bu urinda, ayniksa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunekarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini o`rganish eng dolzarb masalalardandir.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin