Ijtimoiy psixologiya fanining predme ti va vazifalari


IJTIMOIY PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə9/36
tarix22.10.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#65910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)

IJTIMOIY PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI
TUSHUNCHASI


Har kanday fan boshka fandardan fakatgina mavzu baxsi yoki paydo bo`lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma`lumotlar tuplash, u yoki bu goyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy tarakkietni, fan tarakkietini belgilovchi asosiy omildir.
Hozirgi zamon fanlarining tarakkieti shu bilan o`ziga xoski. ularda metodologik muammolarga kizikish ancha yuqoridir. Buning bir kancha sabablari mavjud bo`lib, ular avvalo jamiyatda ruy beraetgan keskin o`zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fantexnika tarakkieti maksadlari bilan fan maksadalarining uygunlashuvi, amalietning fan oldiga kuyaetgan talablari darajasining tobora ortib boraetganligi, tadkiqot kilish vositalarining murakkablashib boraetganligi va nixoyat xar bir fanda ruy beraetgan o`z tadki­qot printsiplari va tekshirish usullarning kayta kurib chikishga intilishning yakqol namoyon bo`laetganligidir.
Ijtimoiy psixologiya tufisida gapiriladigan bo`lsa, shuni aloxida ta`kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga kuyaetgan talablari o`zi­ga xos bo`lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada ko`zatilgan narsa shu bo`ldiki, bu erda nazariy ishlar tadbikiy ishlardan ancha ko`pdir. Shuning uchun ham, G M. Andreeva ijtimoiy psixologiyaning metodo­logik muammolariga tuxtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko`pligini ta`kidlaydi. Metodologik muammolarga kizikish, deb ezadi u, ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning etilish davriga kirganligining belgisidir.
"Metodologiya" tushunchasining ilmiy moxiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy karashlarlagi olimlar va turli tilda gaplatnadiganlar turlicha shartlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadkiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadkiqot uslublari va tex­nik jarayonlarini tushunadilar. Lekin "metodologiya" tushunchasi aslida us­lublar yigindisidan kyongrok tushunchadir. Xozirgi zamok Evropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda. ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chikadigan bilimlar bilan tekshirishning qonkret usullari majmuasini tushunadilar. YA`ni. "me­todologiya" tushunchasi "qonkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kyongrokdir.
Ijtimoiy psixologik tadkiqotlarning metodologik muammolariga kuyidagilar kiradi. Birinchidan, empirik ma`lumotlar muammosi, ya`ni kay turdagi ma`lumotlarni ijtimoiy psixologik ma`lumotlar sifatida kabo`l kilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma`lumotlar sifatida ko`z bi­lan kurib kayd kiladiganlar xulkatvor shakllarni kabo`l kilishsa, qognitiv psixologiya vakillari fakat ongga taallukli bo`lgan belgilarini tushunadilar. Demak, xar kanday tadkiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik kilib olishini anik tasavvur kilishi va uning nazariy jixatlari to`g’risida tasavvo`rga ega bo`lishi kerak. Bundan tashkari, tadkiqot birligi anik langan takdirda. kanday xajmdagi birliklar tadkiqotchini kanoatlantirishi masalasi ham muximdir. Masalan, ijtimoiy psixologiya buyicha sof eksperimental ish kilinganda, ilgari sinalgan usul erdamida cheklangan mikdoridagi kishilar yoki guruxda tadkiqot utkazish mumkin bu eksperimental ma`lumotlar deyiladi. Lekin, ba`zan tadkiqotchi ko`p sonli tekshiruvchilar bilan ish kuradiki, bunda turli guruxlarni o`zaro takqoslash bilan ma`lumotlarning to`g’ri yoki noto`g’riligi aniklanadi. Bunday tadkiqotlar qorrellyatsion tadkiqotlar deb ataladi.
Ikkinchi metodik muammo bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar kilish muammosi. Ilmiy tad­kiqot boshlashdan oldin tadkiqotchi ma`lum tax minlar yuritadi. lekin tu taxminlarning anik chikishi usha muammo buyicha pishik puxta nazariyaning bir ekligiga bevosita boglik. SHuning uchun ham ko`pincha fan soxasiga endigina kadam kuygan esh olim yoki tadkiqotchi gipotezalartaxminlar bayon etishga kiynaladi, chunki ijtimoiy psixologiyada ayniyatlar ayrim, aloxida tadkiqotlardan umumiy xulosa olish orkali to`zilmaydi, ya`ni deduktiv usul xar doim ham kul kelavermaydi.
Uchinchi muammo bu ijtimoiy psixologik muammolarning sifati ma­salasi, ya`ni kanday ma`lumotnn sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.
Ijtimoiypspxologik ma`lumotlarning ishonchliligi.
Sifat xakida gap ketganda, tadkiqotchining tadkiqot ob`ektini kanchalik to`g’ri tanlangani hamda tuplagan ma`lumotlarining ishonchliligini kan­day usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi.
Ba`zan tadkiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu narsa uning reprezyontativlilik qonunini bo`zganligi belgisidir. Yo`l kuyilishi mumkin bo`lgan yana bir kamchilik bu usha o`rganish ob`ektining xajmi yoki soni xususida. CHunki amalietda ko`pincha tekshiriluvchi kanchalik ko`p bo`lsa, ma`lumot shunchalik ishoichli bo`ladi, degan noto`g’ri fikr mavjud. Agar tadkiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni maksadlarini, vazifalarini tadkiqotning nazariy asosini yaxshi bilgan xolda to`g’ri ilmiy taxminlargipotezalar ilgari surilgan bo`lsa, u kichikrok guruxda utkazgan eksperimentlarning ma`lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, xozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir kancha akademik guruxida utrganish mumkin).
Lekin tadkiqot uslubinimetodlarini to`g’ri tanlashda pilotajsinov tadkiqoti utkazishning ahamiyati kattadir. Unda usha gipotezalarning kanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maksadga muvofikligini ham, tekshiriluvchilar ob`ektining to`g’ri tanlanganligini ham ma`lumotlarning turgunligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashkari. shu boskichda tadkiqotchi eksperiment yoki anketa utkazish uchun kulay vaziyat va vaktni belgilash, o`z erdamchilarining ishga kanchalik yarokliklarini ham sanab olish imqoniyatiga ega bo`ladi.


Lekin asosiy tadkiqot utkazilgandan sung tekshiruvchi tuplagan ma`lumotlarniig asosligi (validlilik), ya`ni tanlangan uslubining aynan shu sifatlarini tekshirishga karatilganligini, ularning turgunligini, ya`ni xar kanday sharoitda ham shu metod erdamida va shu sharoitda ayni shu xildagi ma`lumot tuplashini va ma`lumotlarniig anikligini, ya`ni tanlangan uslub maksadga muvofikligini isbotlab berishi kerak.
Nixoyat, ma`lumotlarniig sifati tadkiqotchining o`z ishlari buyicha to`zgan hisobotiga ham boglik. Ijtimoiy psixologik tadkiqot xakidagi hisobot kuyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:

  1. Kirish kismi, bu erda tadkiqotni utkazishdan ko`zlangan maksad, unga sabab bo`lgan shartsharoitlar hamda uni kimlar utkazganligi eziladi.

  2. Dastur kismi, bu erda foydanilgan adabietlar, tadkiqotning maksad va vazifalari, ilmiy taxmingipotezalar beriladi.

  3. Tadkiqot ob`ekta va uslublar empirik tadkiqot ob`ektining xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov boskichida tuplangan ma`lumotlar, ular­ning ishonchliligi kanday usullarda tekshirilganligi eziladi.

  4. gipotezalardan keltirib chikariladi, ularning kanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar yoki grafiklarga kursatiladi.

  5. Xulosa va tavsiyalar ular tadkiqotning mantikidan chikariladi.

  6. YAkun barcha kilingan ishlar buyicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi.

  7. Ilova. Bu kismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, qomp’yuter dasturlari, statistika ma`lumotlari. katta jadvallar va shunga uxshash tadkiqotga taallukli xujjatlar ilova kilinadi.

Yuqorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga karashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadkiqotchining kanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi kursatkichlar hisoblanadi va u utkazgan ilmiy tadkiqot ishining baxosini belgilaydi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin