Samarqand 2021 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI SAMARQAND SHAHAR “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZI Tadbirkorlik va biznes asoslari Mavzu:Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish Soliq – bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.
Tadbirkorlik subyektlari ikki xil ko‘rinishda soliqqa tortilishi mumkin:
1) umumbelgilangan tartibda;
2) soddalashtirilgan tartibda.
Birinchi tartib barcha umumbelgilangan soliqlarni hisoblab chiqarish
va to‘lashda qo‘llaniladi. Bunda har bir soliq turi bo‘yicha alohida hisob kitob ishlari amalga oshiriladi va belgilangan muddatda soliq summasi
to‘lab boriladi.
Ikkinchi tartib ayrim soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish,ularga muayyan shart-sharoit va imtiyozlar yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda umumbelgilangan soliqlarning barchasi yoki bir nechtasi o‘rniga boshqa umumlashtirilgan soliq turi joriy etilishi mumkin.