Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari Shaxs ijtimoiylashuvining quyidagi bosqichlari mavjud:
Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki
katta bosqichda tasavvur qiladi. U ning
birinchi bosqichi — individ-
ning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot
bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir
qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi:
•
ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri); • m e’yortiv xulqning marginal jihatlarini o ‘zlashtirish (o'smirlik davriga to‘g ‘ri keladi); •
ijtimoiylashuv oqibatlarining yaxlit namoyon bo‘lishi (o‘spirinlikdan balog'at yoshiga o‘tish davrini o ‘z ichiga oladi). Ikkinchi bosqich — shakllanib bo‘lgan shaxsning jam iyatda
faoliyat yuritishi davrlarini o ‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bun-
da shaxs dastlab mehnatga yaroqli jam iyat a’zosi sifatida, so‘ngra
nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o ‘z o‘rniga ega b o lad i.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi
ko‘proq yuqorida ta ’kidlaganim izdek, oila, undagi ijtimoiy-
psixologik m uhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday
ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta ’lim
muassasalari va m ehnat jam oalarining roli ortib boradi. Shunga
mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi
m a’lum otlarni keltiradi:
Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib,
unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi.
Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o ‘ziga xosligi shun-
daki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta ’sirlar faol
ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasi-
da muhim bosqich o‘tiladi.