Odamni sovuq qurol bilan jarohatlash, uni kaltak- lash va o‘qotar qurol bilan yaralash
Jismoniy-aktiv- egri
Qopqon-minalarni qo‘yish; yollanma qotil bilan dushmanini yo‘q qilish uchun til biriktirish
J'ismoniy-passiv- to‘g‘ri
Odamning maqsadga erishishiga yoki ista- gan faoliyati bilan shug‘ullanishiga (masaian, o‘tirib o'tkaziladigan namoyish) jismonan уо‘1 qo‘ymaslikka harakat qilish
Jismoniy-aktiv- egri
Zarur vazifalarni bajarishdan bosh tortish (masaian, o'tirib o'tkaziladigan namoyish paytida hududni bo'shatib qo'yishdan bosh tortish)
Verbal-aktiv- to‘g‘ri
So‘z bilan haqoratlash yoki boshqa odamni kamsi- tish
Verbal-aktiv-egri
Boshqa odamga tuhmat qilish yoki u haqida mish- mishlar tarqatish
Verbal-passiv- to‘g‘ri
Boshqa odam bilan gaplashishdan, uning savol- lariga javob berishdan bosh tortish va boshqalar
Verbal-passiv- egri
Aniqlik kiritishdan va tushuntirib berishdan bosh tortish (masaian, nohaq tanqid ostiga olingan odamni himoyasi uchun biron-bir gap aytishdan bosh tortish)
Agressiyaning turli: bevosita jismoniy kuch ishlatishdan, ra- qibni so‘z bilan haqoratlab unga tahdid qilishdan tortib, boshqa bir insonni yashirincha boshqarishga, kelgusida kutilayotgan noxushliklarga shama qiluvchi bilvosita ta’sir ko‘rsatish shakl- lari kuzatiladi. Shuningdek, agressiyaning ijtimoiylashuvga bo‘ysunmaydigan dardmandlik darajasiga boruvchi shakllari ham ma’lum. Psixologiyada agressiv xulq-atvor quyidagicha klassi- fikatsiya qilinadi: Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutaqib ketish, jahl kelganda o‘zini yo‘qotib qo‘yish).
Agressiyaning jismoniy og‘zaki va boshqa butun jamiyat uchun nomaqbul sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog'liq shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksilijti- moiy xulq-atvor me’yorlarining mustahkamlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi).
Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha o‘zlashtirilmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkoni- ni beruvchi xususiy sifatlarni to‘liq shakllanganligi bilan bog‘liq agressiyaning turli ko‘rinishlari (ta’lim-tarbiya ko‘rmaganlik).
Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlari- ni poymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladi- gan, boshqa bir kuzatuvchilar tomonidan qat’iylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar.
Agressiv xulq-atvor bu inson bilan vaziyatning o‘zaro ta’siri natijasidir. Agressivlik sifat va miqdor tavsiflariga ega bo'lib, barcha xossalar kabi u ham turli darajalarda ifodalanadi. Deyarli to‘liq nomavjudlikdan to yetarlicha rivojlangan agressivlikkacha namoyon boiadi. Agressivlik har bir shaxsda ma’lum miqdor- da mavjud bo‘ladi. Agressivlik darajasi yuqori bo‘lgan kishilar boshqalarga nisbatan agressiv reaksiyalarni namoyon etishga ko‘proq moyil bo'ladilar. Agressiv reaksiyalarga boshqa odam- larni qoralash, haqoratlash yoki ularga jismoniy zarar yetkazishga yo‘naltirilgan reaksiyalarni kiritishimiz mumkin. Agressiv xulq-atvor asosini agressivlik motivi tashkil etadi. Agressiv xatti-harakatlar shaxsga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy zarar yetkazishi, destruktiv xulq-atvorning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-harakatlarni bar- taraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agres- siv xatti-harakat qiluvchi shaxs o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun turli xil dalillarni keltiradi va o‘z aybini soqit qilishga uri- nadi. Agressiyaning tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional ho- lati bo‘lib, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
nerv-psixik kasalliklar^, inson nerv sistemasining nihoyatda charchaganligi;
oiladagi psixologik muhitning nosog‘lomligi va ota-onalar- da pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi;
shaxsning xarakter, xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashu- vi.
Agressivlikning me'yordan ortishi natijasida shaxsda asab tizi- mining buzilishi, nerv-psixik kasalliklar, kommunikativ malaka- larning pasayishi, o‘z-o‘ziga adekvat baho bera olmaslik, ishonch hissining yo‘qolishi, o‘z-o'zini boshqara olmaslik, xavotirlanish darajasining ortishi, frustratsiya, depressiya, stress kabi salbiy oqibatlar kuzatiladi. Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan agressiv xatti- harakatlarning namoyon bo‘lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini il- miy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, inson tabiatdagi bu ko‘rinishni chuqur o‘rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga ay- lanmoqda.