Shaxslararo munosabatlarda agressiv xulqning
namoyon bo‘lishi L. Berkovits (1968, 1981, 1995) va boshqa tadqiqotchilar bunday stimullar qatoriga qurol kirishini aniqlashdi. Tajribalar- ning birida o‘yinchoq qurol o‘ynagan bolalar o‘yindan so‘ng boshqalar kubiklardan qurgan uychani osongina buzib tashlash- gani kuzatilgan. Yoki yana bir tajribada Viskoniya universiteti talabalari ko‘z oldilarida qurol turganda (ularning nazarida bu qurol oldingi tajribadan so‘ng tasodifan unutib qoldirilgan edi) o‘z «dilozor»lariga ko‘proq kuchlanishli tok yuborishgan. «Tasodifan unutib qoldirilgan predmet»lar qurol emas, tennis raket- kasi bo‘lganida esa tokni kamroq yuborishgan. AQSHda sodir bo‘layotgan qotilliklarning teng yarmi shaxsiy qurol orqali amalga oshirilishini bilganda, L. Berkovits unchalik lol qolmadi. Statis- tik ma’lumotlarga qaraganda uyda qurol saqlansa, u qachondir otiladi va qandaydir begona kishi emas, balki atrofdagi tanishlar- dan birovi jabrlanadi. «Qurol nafaqat jinoyat sodir qilishga imkon beradi, — deydi L. Berkovits, — balki u jinoyat sodir qilishga un- dashi ham mumkin. Barmoq tepkiga talpinadi, shuningdek, tepki ham barmoqqa talpinadi». Bu tushuncha agressiyani emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma si- fatida emas, balki xulq-atvor modeli sifatida ko‘rishni taqozo eta- di. Bu muhim fikr ko‘plab chalkashliklarni tug‘dirdi. Agressiya termini ko‘p hollarda g‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ ko‘rsatmalar sirasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo‘lgan xulq-atvorda albatta muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos bo‘la olmaydi. G‘azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi, boshqacha qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik ho- latida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani kabi, o‘ta kuchli hayajon holatida ham paydo boHishi mumkin. Shuningdek, agressorlar- ning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki ularni yoqtirishlari umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar o‘zlari yoqtirgan insonlarga zulm o'tkazadilar. Shunday qilib, hozirda ko‘pchilik tomonidan «Agressiya — boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan xulq-atvorning har qanday shakli», degan tushuncha qabul qilingan. Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligi- dan kelib chiqib, mazkur xulq-atvorni o‘rganishda D. Bass tomonidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan chegaralanish juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi. Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslan- gan holda tasvirlash mumkin: jismoniy — verbal, aktiv — passiv va to‘g‘ri — egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga ya- qin kategoriyalarni berib, ko‘plab agressiv harakatlarni ular asosi- da tushuntirish mumkin. Masalan, bir kishining ikkinchisining ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo‘ravonlik qilishi ham jismoniy, ham aktiv, ham to‘g‘ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi mumkin. Agressiyaning ijtimoiy ma’qul va assotsial agressiv xulq-atvor turlari farqlanadi. Ijtimoiy ma’qul agressiya turida frustratsiya, affekt, stress va nizo natijasida kelib chiquvchi zo‘riqish hamda xavotirlanish ijtimoiy me’yorlarga mos keluvchi harakatlar orqali hal qilinadi. Assotsial agressiv xulq-atvor jamiyatda qabul qilin- gan me’yorlarga zid bo‘lgan harakatlarda namoyon bo‘ladi.