Tolerantlikning XULQ-ATVOR komponenti. Ushbu o‘lchov «tolerantlik aysbergi»ning eng ko‘zga ko‘ringan qismini tashkil etadi va odatda o‘ziga e’tiborni jalb qiladi. Xulq- atvor tolerantligiga ko‘plab ko’nikma va qobiliyatlarni kiritish mumkin, ular orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz: tolerant fikr bildirish va o‘z nuqtayi nazarini shaxsiy mulo- haza sifatida himoya eta olish qobiliyati;
boshqalarning fikriga tolerant munosabatda bo‘la olish qobiliyati, ya’ni o‘zining shaxsiy fikridan qanchalik farq qilishiga qaramasdan, boshqalarning ham o‘ziga xos fikri borligi va u ham bu fikrni bildirish huquqiga ega ekanligini tan olish;
nizoli vaziyatlarda (qarama-qarshi nuqtayi nazar, fikrlar to‘qnashuvi yuz berganda) tolerant bo‘la olish qobiliyati.
Bularorasidaoxirgiuchinchisi, nafaqat xulq-atvor oichamida, balki boshqa oichamlarda ham alohida e’tiborni talab etadi. Tolerantlikning ushbu aspeklarini tadqiq etishda B.I. Xasanning konflikt va konflikt kompetentligi konsepsiyasi asos bo‘iib xiz- mat qiladi. Kognitiv komponent tolerantlik prinsiplarini qabul qilish, tushunish, fikrlash, interpretatsiyalashni nazarda tutsa, verbal komponent «ilmiy tashkil etuvchilar» bilan chegarala- nadi. Bu tolerantlikni eng sodda va yuzaki oicliani idir. Tayanch tushunchalar: Gedonizm — shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak — nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli boiishga intilish ustuvorligi. Egosentrizm (lot. «Ego» — men va «centrum» — doira marka- zi) — insonning o‘z fikr-o‘ylari, manfaatlari doirasida qotib qol- ganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilim- larini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligi. Altruizm— hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalar- ga yordam berish.