Ijtimoiy psixologiya


Tolerantlikni tushuntirishga oid ilmiy yondashuvlar



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə58/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Tolerantlikni tushuntirishga oid ilmiy yondashuvlar
Tolerantlik turli falsafiy va psixologik yondashuvlarda ko‘rib chiqiladi. Hozirgi kun adabiyotlarida bixevioral (tolerantlik in- sonning alohida xulq shakli sifatida ko‘riladi) va kognitiv (tole­rantlik o‘z asosida bilim va ratsional sabablarga ega) yondashuvlar ustunlik qiladi.
Tolerantlikka nisbatan bir qancha yondashuvlarning bu borada o‘ziga xos fikrlarni bildiradi.
Shaxsiy yondashuv — tolerantlikning murakkab anatomiyasida uning psixologik asosi va bosh o‘lchovi — tolerantlikning shaxsiy o‘lchami (qadriyatlar, shaxsiy ustanovkalar) hisoblanadi.
Fasilitativ yondashuv — shaxslararo munosabatlar jarayoni- da toiiq tolerantlik nafaqat shakllanadi, balki rivojlanadi ham; tolerantlikning shakllanishida unga rivojlanish uchun yaratilgan sharoitlar yordam beradi.
Bundan tashqari ekzistensial-gumanistik yondashuv — tole­rantlik qandaydir omillar harakatining mexanik natijasi hi- soblanmaydi, haqiqiy tolerantlik — bu shaxsning anglangan va mas’uliyatli tanlovi bo‘lib, insonning boshqalar bilan munosabat o‘rnatishdagi pozitsiyasi va faolligidir. Ekzistensial-gumanistik nuqtayi nazarda toiiq, yetuk tolerantlik bu so‘zsiz anglash, tu- shunish va mas’uliyatlilikdir. Bunday tolerantlik avtomatizm ya’ni oddiy stereotipik harakatlar emas, balki qadriyat va hayotiy pozitsiya boiib, ularni amalga oshirish har bir konkret vaziyatda o‘ziga xos ma’noga ega va tolerantlik subyektdan ushbu mazmun- ni izlashni talab etadi.
Tolerantlikka diversifikatsion yondashuv — tolerantlikning psixologik mazmuni, alohida bir xususiyatga tavsifga olib kelini- shi mumkin emas, bu murakkab, ko‘p aspektli va ko‘p kompo- nentli fenomen bo‘lib, bir nechta bazaviy oilchamlarga ega.
Aksariyat hollarda murakkab psixologik hodisalarni tasvirlash- da komponentlar triadasidan foydaianiladi. Bu triada. quyidagilar- ni o‘z ichiga oladi: kognitiv komponent, emotsional komponent va xulq-atvor komponenti. Ushbu sxemani qo‘llashga intilishlar tolerantlikda ham paydo bo‘ldi. Eng umumiy hollarda yuqoridagi komponentlarning asosiy mazmuni yoki tolerantlik o‘lchamlar quyidagicha ta’riflanishi mumkin:

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin