Ijtimoiy psixologiya


Diskriminatsiya (Discrimination)



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə55/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Diskriminatsiya (Discrimination) — ma’lum bir odamlarga nisbatan, ularning qandaydir guruhga tegishliligi tufayli namoyon qilinadigan fe’l-atvor xususiyatlaridir. Biroq diskriminatsivaning ba’zi ko‘rinishlari alohida odamlar tomonidan ernas, balki ijti- moiy institutlar tomonidan ham namoyon etiladi va u institut- sional diskriminatsiya deb aytiladi. Institutsional diskriminatsiya (institutionalized discrimination) — ma’lum bir madaniyatning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy institutlari tarkibiga kira- digan diskriminatsiyadir (Feagin & Feagin, 1999). U to‘g‘ridan to‘g‘ri dushmanlik kayfiyatida boiishi mumkin, masalan, rasmiy qonunchilik ma’lum bir guruhlarga biror joyda yashashni yoki ma’lum bir sohada ishlashni taqiqlashi shunday diskriminatsiyaga misol boiladi. Masalan, XVI—XVIll asrlarda Buxoro xonligida yahudiylarga davlat mansablarida ishlash taqiqlangan, bellariga qizil tasma taqib yurishlari shart qilib qo‘yilgan, faqat yakshanba kunlarigina bozorga chiqishlari mumkin bo‘lgan. Boshqa bir mi- sol, 0‘rta Osiyoda XlX asrda ayollar davlat mansablariga yaqin- lashtirilmagan va madrasalarda o‘qishi taqiqlangan. Jahon tarix- ida ham bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. AQSHda quldorlikni qodlab-quvvatlovchi yoki ayollarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yuvchi qonunlarning mavjud bo‘lganligi bunga yaqqol mi- soldir. Hozirda bunday ochiqdan ochiq diskriminatsiyalar xalqa- ro huquq me’yorlariga ko‘ra taqiqlansa-da, lining ba’zi shakllari saqlanib qolmoqda. Lekin jamiyatda shunday me’vorlar ham borki, ular diskriminatsiyani odatiy holga aylantiradi. Masaian, ayollarni ehtiyot qilish, ularni asrash kerakligi nafaqat bizning jamiyatimizda, balki butun dunyoda me’yor hisoblanadi, ayni shu me’yor ruda konlari direktorlarining ayollarni kon ishlariga olmasliklariga sabab bo'ladi. Lekin ayollarga nisbatan ba’zi chek- lovlarning mavjudligi ularning diskriminatsiyalanishi emas, balki ularning manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotganligini hisobga olinsa, bunday holatlarni diskriminatsiya deb atab bo'lmaydi. Bunday munosabatlarni tushunish uchun ijtimoiv psixologiya sohalaridan biri sifatida gender munosabatlarni o‘rganish lozim bo‘ladi.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin