Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə51/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Kishining holati. Bunda yordam beruvchining va oluvchining ham holati nazarda tutiladi. Kishi o‘zi qiynalib turganda o‘zining holatidagi kishiga yordam qo‘lini cho‘zadi va g‘amxo‘rlik qiladi. Sessiyadan o‘ta olmagan talaba o‘ziga o‘xshagan talabaga boshqa vaqtdagidan ko‘ra mehribonroq munosabat bildiradi.
Kishining psixik xususiyatlari. Kishi qanchalik javobgar, g‘amxo‘r bo‘lsa altruistroq bo’ladi. Aksincha, qahrli, egoist, qay- sar, odamlarga befarq bo‘lsa, undan Altruizmni kutmasa ham bo'ladi.
Kishining dinga munosabati. Islom dini altruistik munosabat- larni targ‘ib qiluvchi dinlardan bindir. Unga ko‘ra musulmon musulmonga har qanday vaziyatda ham yordam berishi kerak.
Sotsiolog Elvin Gouldnerning ta’kidlashicha, o‘zaro me’yorlar universal nomusning yagona kodeksi hisoblanadi, ya’ni kimdir bizga yordam bersa biz ham unga yordam berishimiz, unga yo- monlik qilmasligimiz kerak, degan tartib me’yorga aylanib qol- gan. E.Gouldner bu me’yorni universal stil deb ataydi. Sinaluv- chilardan olingan javoblarga ko‘ra xat, hujjat, pul, sovg‘alarni birov orqali jo‘natuvchilar olib borib beruvchiga ma’lum miqdorda pul berishadi. Ya’ni ular «pochta»sini olib borib berganligi uchun unga minnatdorchilik bildirishadi. O‘zaro munosabatlarda faqat bir shaxsning yordam olaverishi va qaytarmasligi me’yorga mos kelmaydi va shaxslarao munosabatlar buziladi. Xuddi shunday holat talabalar guruhida mavjud. Ya’ni qaysidir guruhdoshining daftaridan foydalangan talaba albatta uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Agar har qaysi shaxs o‘ziga qilingan yaxshiliklarni doimiy ra- vishda o‘zi uchun nazorat qilib borsa, bu o‘zaro munosabatlarda yaxshi natija beradi. Laboratoriya eksperimenti asosida shun­day xulosaga kelinganki, agar shaxs o‘ziga qilingan yaxshilikka nisbatan javob qaytarish majburiyatini his qilmas ekan, ya’ni me’yor sifatida qabul qilmas ekan, o‘zaro munosabatlarda egoizm shakllanadi. Mark Uotli o‘z tadqiqotida shuni aniqlaganki, tala­balar ularga konfet ulashib turgan guruhdoshlariga imtihondan o‘tish uchun yordam berishgan. Ba’zi bir shaxslarda qilinayotgan yaxshilikni qaytarish imkoni bo‘lmasa, uni qabul qilishga ham qo‘rqishadi. Shuning uchun g‘ururli insonlar har doim birovdan yordam so‘rashga shoshilishmaydi. Agar inson shu yordamga muhtoj bo‘lsa va unga adekvat javob qaytara olmasa uning vij- doni qiynaladi. Tadqiqotlar natijasiga qaraganda agar inson o‘ziga qilinayotgan yordamlarning hisobini olmas ekan, kelajakda pro­fessional muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, jamiyatda shaxs namoyon qiladigan xulqlar orasida egoizm va altruizm doimiy ravishda uchrab turadi.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin