E’tiborli kishilarning bahosi. Agar inson uchun qaysidir ji- hatda e’tiborli kishi (ayniqsa, uning o‘zi altruistik xulqni tez-tez namoyon qilib tursa yoki ayni paytda altruistik harakatni kuta- yotgan bo‘lsa) boshqa paytdagiga nisbatan altruistroq bo‘ladi. Talaba o‘zi uchun hurmatli bodgan o‘qituvchisining yonida (agar bu o‘qituvchi altruistik xulqni namoyon qiladiganlardan bo‘lsa) boshqa paytdagidan ko‘ra altruistroq bo‘ladi. Javobgarlikni his qilish.Kishi boshqalar yoki qonun oldida javobgarlikdan qohqib, o'zi istamasa-da boshqalarga yordam be- radi. Masalan: ota-onadan qo‘rqib uka, singillariga yordam berish. Qonun oldidagi javobgarlikdan qo‘rqib mashinada urib ket- gan odamni kasalxonaga olib boradi. Ba’zi talabalar guruhida guruhdagilarning ba’zilarigina altruistik bo‘lsa, to‘rtinchi kursga kelib butun guruh altruistik harakat qiladi va bir-birlari uchun qayg‘uradi. Taqlidchanlik.Har bir jamiyatda kishilar o‘zini qanchalik ko‘p altruistik tutsa bu holatga taqlid qiluvchilar ko‘payadi. Agar altruistik xulqqa ega boigan o‘qituvchilar ko‘p bo‘lsa va bu xulqni ular talabalar oldida tez-tez namoyon qilsalar, talabalar ham albatta ularga taqlid qilishadi.
Jins farqi (simpatiya).Ko‘pgina davlatlarda erkaklar ayollar- dan ko‘ra kuchli jins sifatida tan olinadi. Bunday jamiyatlarda erkaklar ko‘pincha jismoniy jihatdan ayollarga o‘z yordamlarini taklif eladilar. Masaian, yaqin o'tmishda bizning o‘zbek milla- timizga tegishli bo‘lgan odatlardan biri — beva ayol bo‘shagan chelagini ko'cha eshigi oldiga chiqarib qo‘ysa, ko‘chadan o‘tgan istalgan erkak unga suv olib kelib, eshigi tagiga qo‘yib ketganligi xalqimizda altruistik hislarning qadrlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan ayollardan erkaklarga nisbatan altruizmni namoyon qi- lish talab etiladi. Masaian, kirini yuvib berish, ovqatini pishirib berish. Yosh xususiyati.Barcha jamiyatlarda ham yosh bolalar yoki keksalarga nisbatan ko'proq altruistik xulq namoyon qilina- di. Chunki, ularning yoshidagilar yordamga ko‘proq muhtoj bo'ladilar.