Ijtimoiy psixologiya


Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə47/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar
Altruizm qisqa va lo‘nda, aniq qilib aytilganda, hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalarga yordam berish, birovlarga yordam qo‘lini cho‘zish demakdir. Uning asosida hech qanday manfaat kutmaslik yotishi shu bilan asoslanadiki, altruist odam har doim, hammaga, hatto buning evaziga hech narsa olmasligini bilsa ham, yordam beraveradi. Ta’kidlash joiz, bunday odamlar birovlarga qilgan yordami uchun o‘zi jabr ko'rsa ham, baribir boshqalarga yordam berishni kanda qilmaydi. Bunday odamlar so‘nggi chaqasi, so‘nggi imkoniyati va hatto jonini ham hech qanday minnatdorchilik yoki taqdirlanishni kutmasdan bera ola- di. Misol: Moskvadagi metro bekatlaridan birida 6 yoshli qizcha- ning relslar ustiga tushib ketganligini ko‘rgan V. Ivanov poyezd kelayotganligini ko‘rib, o‘zini pastga tashladi va qizni perron- ga otishga ulgurdi, lekin o‘z jonini saqlab qola olmadi. Qizaloq uning hech kimi emas edi. U buni shunchaki odamiylik nuqtayi nazardan amalga oshirdi. Ya’ni Altruizmni namoyon qildi. Savol tug‘iladi: Kishini bunday harakat qilishga nima majbur qiladi?
Bu savolga faylasuf, psixolog, sotsiolog va boshqa sohadagi olimlar uzoq yillardan buyon javob izlashadi va bu savolga beril- gan javoblar tahlili shuni ko‘rsatganki, savolga javob berayotgan olimning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu savolga javob beriladi:
Ya’ni, agar bu olimning o‘zi inson sifatida odam hech qachon biror-bir manfaatni ko‘zlamasdan boshqalarga shunchaki yaxshi- lik qilmaydi, degan fikrga ega bo‘lsa va o‘zi ham bunga amal qil- sa, u holda bu olim Altruizmning asosida yo moddiy, yo ma’naviy manfaatdorlik yotadi, deb hisoblaydi.
Aksincha, bu savolga javob izlayotgan olim inson sifatida o‘zi altruistik e’tiqodga amalga qilsa, bu olim altruistik xulq-atvorni birovlarga hech qanday foyda ko‘zlanmasdan qilinadigan yaxshi- lik deb tushuntiradi.
Ijtimoiy psixologiyada Altruizm ijtimoiy xulq-atvor sifatida qaraladi va uning asosi yoki motivini tushuntirishda 2 xil nuqtayi nazar mavjud.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin