Ijtimoiy psixologiya


Ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon bo‘lishi



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə43/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon bo‘lishi
Ijtimoiy ustanovka shaxsning jamiyatdagi xulq-atvorini tu- shuntirib berish usuli sifatida xizmat qiladi. Ijtimoiy ustanovka muammosi — ijtimoiy psixologiyaning eng muhim muammolari- dan biri sifatida ko‘rilar ekan, ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon boiishi masalasi ham ba’zi tadqiqotchilar tomonidan tahlil etilgan va quyidagi xulosalarga kelingan.
Ustanovka shaxsning xulq-atvorini belgilab beradi, agarda:

  • boshqa ta’sirlar kamaytirilgan bo‘lsa;

  • ustanovka xatti-harakatga mos kelsa;

  • ustanovka kuchli bo‘lsa;

  • ustanovka onggacha yetkazib borilsa.

Ijtimoiy ustanovka tushunchasi ma’lum bir darajada xulq- atvor motivining tanlovini ham izohlab beradi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir talaba- ga qaysidir o‘qituvchining dars o‘tishi yoqadi, u nima uchun shu o‘qituvchining dars o‘tishi yoqishini tushunmagan holda o‘qituvchining keyingi darslari ham «menga yoqadi» degan tasavvurda bo‘ladi. Shu ma'noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o‘xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o‘z ifodasini. to- padi. Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyekt- larga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
1964-yil Lion Festinger (ijtimoiy psixologiya asoschilaridan biri) quyidagi xulosaga keldi: «ustanovkalarning o‘zgarishi xulq- atvorning o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmadi, ak- sincha, bizning xulq-atvorimiz bu otlar, ustanovkalar esa ara- va».
Robert Eybelson shunday deydi: «biz har qanday harakatimizni o‘zimizni oqlagan holda asoslab berishimiz mumkin, biroq isbot talab qilinadigan harakatlarni yaxshi bajara olmaymiz».
1969-yilda ijtimoiy psixolog Allan Uiker o‘zi o‘tkazgan tadqiqotlari asosida: «kishilarning o‘zlari o‘ylab topgan ustanovkalariga qarab, ularning xulq-atvorini oldindan aytib bo‘lmaydi», degan hayron qolarli xulosaga keldi. Masalan: tala- baning yolg‘onga bo‘lgan munosabati bilan uning real hayotda boshqalarni aldashi mumkinligi o‘rtasida deyarli bog‘liqlik bo‘lmaydi yoki faqat yakshanba kunlari masjidga borib turish bilan masjidga bo‘lgan munosabat o‘rtasida nisbiy bog‘liqlik bo‘lishi mumkin.
V.G. Kriskoning fikricha «har qanday ustanovkalar ong ostidan chiqadi va shuning uchun ularning to‘g‘ri yo‘l bilan kelishishlari juda qiyin».
Ustanovkalar bilan harakatlar o‘rtasidagi bo‘linishni Da­niel Betson va uning kasbdoshlari «o‘ziga axloqiy bino qo‘yish», ya’ni o‘zida bo‘lmagan axloqiy xususiyatlarni egallashga bo‘lgan harakatlardir, deb ta’riflaydi. Universitet talabalariga ikkita top- shiriq berildi, agar topshiriqning birinchisi to'g‘ri bajarilsa 30 dollar mukofot berilishi, ikkinchisi uchun hech narsa berilmasligi aytiladi va talabalarga ikkalasidan bittasini tanlashlari taklif qili- nadi. 20 ta talabadan bittasigina «pul to‘lanadigan topshiriq»ni olish kerak, degan fikrni rad etadi, 80% talaba esa aksincha yo‘l tutadi. Bundan kelib chiqadiki, moddiy manfaatdorlik har doim ustun turishi mumkin ekan.
A. Uiker va uning hamkasblari ustanovkaning xulq-atvorga ta’siri kuchsiz ekanligini yoritib bergan. Kishilar har doim ham ochiq muloqotga tayyor bo‘lmasliklari olimlarni yangi izlanish- lar sari yetakladi, ularning ichidagilarini qanday bo‘lmasin aniq- lash uchun Edvard Djouns va Garald Sigal aldov yo‘llari bilan kishilarning haqiqiy ustanovkalarini chiqarib olish, «ko‘rinmas axborot manbalarini» aniqlash metodini ishlab chiqishdi. 1971- yilda G. Sigal va Richard Peydj birgalikda Rochester universiteti talabalari ishtirokida eksperiment o'tkazdi. Sinaluvchi talabalar- ning qo‘llariga elektrodlar olrnatildi, ularning rost yoki yolg‘on so‘zlaganini muskullarining qisqarishiga qarab tablodagi chi- roqning yonib o‘chishi aniqlab berishi tushuntirildi. Tadqiqot- ning haqqoniyligi hech kimda shubha uyg‘otmadi. Bu usulda qo‘llanilgan apparat «ustanovkalar haqqoniyligini o‘lchash yoki aniqlash» deb nomlandi, ayrim hollarda «yolg‘onlar detektori» deb ham nomlanadi.
Ayzek Eydjen va Martin Fishbeyn fikriga ko‘ra umumiy ustanovkalar aniqlanayotgan vaqtda xulq-atvor o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi va ular bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, ya’ni shaxsning so‘zi bilan ishi bir xil bollmagandek. Biz avtomatik ravishda biror-bir vazifani bajarganimizda, ustanovkalar yuzaga chiqmaydi. Har kuni uyqudan uyg‘onib, birmchi qiladigan ishi- miz yuzimizni yuvish va salom berish, bu narsani o‘ylab ham o‘tirmay bajaramiz yoki yo'lda keta turib biror-bir tanishimizni ko‘rsak salomlashib o‘tib ketamiz va hokazo. Bunday avtomatik reaksiyalar adaptatsiyalashgandir.
Alfreyd Nort Uaytxedning fikriga ko‘ra «avtopilot rejimi- da» harakat qilganimizda bizning ustanovkalarimiz «uyquda» bo‘ladi.
O‘z-o‘zini nazorat qilishi kuchli bo‘lgan insonlar uchun ustanovka ijtimoiy moslashtirish rolini o‘ynaydi. Ijtimoiy ustanov- ka ularga yangi ishga, yangi rollarga moslashishga va o‘zaro mu- nosabatlarga kirishishga yordam beradi.
Insonlar kimningdir ustanovkasi haqida so‘raganlarida, ular qaysidir insonlarga va voqealarga bo‘lgan ishonch va tuyg‘ularni nazarda tutadilar va bu holat o‘zlarini qanday tutishga tayyor ekanliklarini aniqlab oladilai^.
Ustanovkalari har xil bo‘lgan partnyorlar bir-birlarini tushuna olmaydilar va shu orada anglashilmovchilik tufayli ajraladilar. Ustanovkalari bir-biriga mos kelgan partnyorlar esa muloqotda ko‘ngildagidek natijaga erishadilar.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin