Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi Ijtimoiy ustanovkaning yaxlitlilik g‘oyasi ilgari surilganidan so‘ng rus olimi V.A. Yadov bu borada o‘zining dispozitsion na- zariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya «Shaxsning ijtimoiy xulq- atvorini boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi» deb nomla- nadi. Bu nazariyaga ko‘ra turli dispozitsion hosilalarning darajalar ieararxiyasi quyidagicha yuzaga keladi: har bir dispozitsiyaga nisbatan ehtiyojlar darajasi bilan bu ehtiyojlarni qondirish jara- yonidagi vaziyatlar darajasi kesishishi darkor. V.A. Yadov o‘zining dispozitsion nazariyasida ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt ti- zimliligini tasavvur qilgan holda izohlaydi va o‘z ilmiy xulosala- rini quyidagi darajada joylashtirib asoslab berdi: Birinchi daraja — bunday daraja g‘arb tadqiqotchilarida set termini bilan ma’lum va mashhur bo‘lib, oddiy vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi ehtiyojlar ustanovkasi sifatida yuzaga chiqadi. Demak, elementar (sodda) ustanovkalar (set)— oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya. D.N. Uznadzening fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shart-sharoitlarida shakllanadi. Ikkinchi daraja — biroz murakkabroqdir, chunki bunga kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qarajilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yer- da shaxs faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy obyekt talabiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi. Bu esa g‘arbda qabul qilingan «uch komponentli tuzilma» — «kognitiv», «affektiv», «.xulq :ilvor»lurdaii iborat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud)— ijtimoiy vaziyat ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar hisoblanadi. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoit- lar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Uchinchi daraja — ijtimoiy ustanovka manbai sifatida ijtimoiy faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tash- lanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qiymatga ega boigan yuqori- dagi 3 komponent tizimi ishtirok etadi. Demak, bazaviy ijtimoiy ustanovkalarshaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir. To‘rtinchi (eng yuqori) daraja — shaxsning ijtimoiy faollik tizimidagi xulq-atvori va faoliyatini ma’lum me’yorda boshqar- ish bilan bog‘liq. Bunda shaxs faolligi jamiyat va uning iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy yo‘nalishdagi prinsiplari asosida tarkib topa- di. Demak, qadriyatlar tizimiustanovkasi avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih Hadislar islom dinidagilar uchun ana shunday qadriyatlardan biri sanaladi va bu dinga e’tiqod qiluvchi har bir kishi barcha hadislarni tan- qidsiz, muhokamasiz qabul qiladi, chunki ular birinchidan, ilohiylik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchidan, buyuk allomalar tomonidan yaratilgandir. Shuning uchun ham qadriyatlar tizimi har doim avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay o‘tkazib kelinadi va bunga mos holda ustanovkalar shakllanadi. V.A. Yadov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ierarxik tizim shaxs faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog'liq psixologik hi- moya ierarxiyasi tizimini tasavvur etishda ham ma’lum dara- jada asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masaian, taqdim etil- gan 1-daraja predmetga nisbatan shaxsning bevosita dastlabki harakatlarini ko'rsatsa, 2-daraja esa shaxsning o‘z xatti-harakat- larini idora qila olishi bilan bog‘liqlikdan dalolat beradi, 3-daraja xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq kechinma- larni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki shaxs faoliyati bir butunligini ifodalovchi mezon sifatida yakun- lanadi. Psixologik himoya va ustanovka uyg‘unligining metodologik asosini talqin qilishda, psixologiya fanida ma’lum va mashhur D.N. Uznadze maktabi tadqiqotchilari tomonidan ustanovka muammosining maxsus predmet sifatida ishlab chiqilib ilmiy xu- losalar chiqarilganligini unutmaslik lozim. Ustanovka muammosi ijtimoiy psixologiya fanining eng muhim obyekti ekanligini, D.N. Uznadze tomonidan keltirilgan quyidagi ta’rifda ham ko‘rish mumkin: 1. Ustanovka ma’lum faollik ho- latiga nisbatan tayyorgarlikdir. Ayni paytda, subyekt ehtiyoji va unga mos obyektiv vaziyatning yaratilishi bilan bog‘liq subyekt- ning bir butun dinamik holatidir. Bu o‘rinda obyektiv vaziyat bilan bog‘liq psixologik himoyaning shaxs faolligiga ta’sir etu- vchi ijtimoiy omillarning o‘rni va ahamiyati alohida o‘rin tut- ganligi ko‘rinib turibdi. Lekin D.N. Uznadze o‘z tadqiqotlarida shaxsning oddiy fiziologik ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ustanovka qonuniyatlarini ochib beradi va ilmiy xulosalar qila bildi.