Attityud tushunchasining mohiyati va
attityudning vazifalari Keyinchalik G‘arb va AQSH olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «Attitude» — «attityud» so‘zi bilan ifoda- lanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kate- goriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport «ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta’kidlagan edi. «Attitude» atamasi o'zbek tiliga tarjima qilinganda «yaroqli- lik» yoki «moslik» degan ma’noni bildiradi. «Attitude» sokziga yana bir ta’rif quyidagicha: «individ tomonidan ijtimoiy obyekt- ning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan:
ongning ma’lum bir holati;
reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat;
avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
xulq-atvorga dinamik ta’sir ko’rsatuvchi holat;
U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Demak, ijtimoiy psixologiyada birinchi bodib «attityud» tushunchasi «in- dividning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik tayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nis- batan namoyon bo'luvchi individning ongli holati» sifatida tal- qin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida mustahkamlangan. G.Ollport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jara- yoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakun- langan manba ekanligini e’tirof etadi va bunday ta’rif, ijtimoiy psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda muhimdir. Xuddi shunday mulohazani E. Bogardusning «Atli- tyud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama- qarshi harakat qilish an’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash mumkin. Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yan- gicha qarash I.Aytsen va M. Fishbaynlar tomonidan taklif qilingan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. Ular murak- kab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chega- ralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, ba- jarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin. 1942-yilda M.Smit attityudning uch komponentli struktura- sini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism boiib, bular kognitiv, affektiv va konativ qismlaridir.