Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə41/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Kognitiv qism — shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsip- lar va hokazolar kiradi.
Attityudning affektiv qismi (emotsional) — o‘sha obyektni hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilayotgan) yoki po- tensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qam- rab oladi.


Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jamiyat- da bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:

  1. Bilish funksiyasi. Mazkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyekt- lar haqidagi bilimlarni operativ qabul qilish imkonini beradi. Ijti­moiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali rea- lizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).

  2. Ifodalash funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo‘- ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jamiyat bilan muno- sabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. Mazkur funksiya asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali amalga oshiriladi.

  3. Moslashtiruvchi funksiya. Bu funksiya quyidagilarda namoyon boiadi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jamiyatning (gu- ruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga mazkur jamiyatga (mazkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon bera­di. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor komponenti orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida
o‘rganiIishi

Tadqiqotchilarni har doim shaxs ustanovkalari uning qila- yotgan ishlariga qanchalik darajada ta’sir qilishi qiziqtirib kel- gan. Shaxsning qarashlari, his-tuyg‘ulari orqali uning jamiyatdagi xulq-atvori aniqlanadi, bu xulq-atvorni o‘zgartirish uchun aqlni va yurakni o‘zgartirish kerak, degan taxmin mavjud.
«Ustanovka» tushunchasini rus psixologiyasiga gruzin psixo- logiya maktabining yetakchisi D.N. Uznadze olib kirgan, bu tu- shuncha ruscha «ustanovka» so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘nalish, yo‘naltirish ma’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda D.N. Uznadze ustanovkaga quyidagicha ta’rif beradi: Ustanovka — kishining tevarak-atrofdagi odamlarga yoki obyektlarga qan- day munosabatda bo‘lish, ularni ma’lum darajada idrok qilish, sezish, baho berish va ularga nisbatan qandaydir harakat qilish- ga tayyorgarligini anglatadigan holatidir. ijtimoiy ustanovkalar esa sof ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida o‘ziga xos mazmun kasb etadi va uning ma’nosi — yangicha tafakkur va dunyo- qarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizmdir. Demak, ijtimoiy ustanovka — shaxsning atrof- muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan ruhiy ichki hozirlik bolib, bu hozirlik asosida shaxsning dunyoqarashini ham o‘zgartirish mumkindir.
ijtimoiy ustanovka tushunchasi (Obuxovskiy, 1972) insonlar- ning xatti-harakatlarini bashorat qilishda kundalik hayotda ham qo^laniladi: «Nilufar bu konsertga bormasa kerak, chunki u es­trada musiqasiga mutlaqo qarshi». Bu holatda kundalik hayotdagi ijtimoiy ustanovka tushunchasi «munosabat» tushunchasiga ya- qinroq yuradi.
L.i. Bojovich yo‘nalganlik muammosini o‘rgana turib, quyidagi ta’rifni beradi: «yo‘nalganlilik shaxsning ichki pozitsiyasi sifatida ijtimoiy muhitga nisbatan shakllanib boradi. Ushbu ta’rifdagi «yo‘nalganlilik» tushunchasi ijtimoiy ustanovka tushunchasi bilan bir qatorda turuvchi ma’noni bildiradi.
Shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (social atti­tude — ingl.) bu insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotiarga, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga va hodisa- larga bo'lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish shaxsni tu- shunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir.
Ijtimoiy ustanovka atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga egaligi va g‘arb ijtimoiy psixologiyasida ijtimoiy ustanovkalarni «Attitude» atamasi bilan nomlashganligini yuqorida qayd etib o‘tgan edik.
Attityud tushunchasiga G.M.Andreyeva (1988) tomonidan quyidagi to‘rt ilmiy yo‘nalishni belgilash asosida yanada oydinlik kiritiladi:

  1. muvofiqlashtirish — o‘z maqsadlariga erishish uchun xiz­mat qiluvchi attityudning obyektga nisbatan subyektni yo‘naltira olishi;

  2. bilish — u yoki bu obyektga nisbatan attityudning sodda- lashtirilgan xulq-atvor ko'rsatmasini ta’minlay olishi;

  3. ifodalilik — shaxs o'z-o'zini idora qilishida attityud shaxs sifatida o‘zini ifodalash uchun subyektning keskin, tang holatlari- dan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi;

  4. himoya — attityudning shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf etishga xizmat qilishi. Demak, aytish mumkinki, attityudning bu tokrt vazifasi ham inson va faoliyat taraqqiyoti uyghinligiga xizmat qiluvchi psixologik muhofazaning qaror toptirilishiga ko‘maklashishi tabiiy. Chunki ijtimoiy taraqqiyot omillari hamisha inson ustanovkalari kamolotiga hamohangdir. Bu hamohanglikni toliq his etgan holda attityudni yanada kengroq ko‘lamda «ijti- moiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan (V.A. Ya­dov, D.N.Uznadze, G.M.Andreyeva, P.N.Shixerev, Sh.A. Na- dirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar.). Bu esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan psixologik muhofaza metodologiyasini nazariy-ilmiy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. Chunonchi, D.N. Uznadzening tadqiqotida ustanovka ma’lum ehtiyojlar va ularni qondirish majmuasi sifatida mukammal ochib berilgan bo‘lsa (Uznadze D.N., 1961), V.A. Yadov tadqiqotlari- da ustanovka ma’lum vaziyatlar bilan bog‘liq «ouz-o‘zini idora qilish» mezoni sifatida o‘rganiladi va bu o‘z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanining taraqqiyotiga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi», degan yangi tushunchaning olib kirilishiga sabab bo‘ladi (Yadov V.A., 1979).


Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin