Ijtimoiy psixologiya


Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo‘lishi



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə52/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning
namoyon bo‘lishi

Diskriminatsiya va stigma har bir jamiyatda, har bir guruhda mavjud bo‘lib, shaxsning me’yorl hayot kechirishi, uni ushbu ja­miyatda o‘z o‘rnini topishi, mavqega ega bo‘lishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayrim hollarda esa inson huquqlari buzilishi- ga va eng yomoni uning himoyalanmay qolishiga olib keladi. Aksariyat hollarda bunday cheklovlarga ijtimoiy zaif guruh va- killari (ayollar, homiladorlar) yoki xavfli guruhga mansub shaxs- lar (giyohvandlar, OIV bilan kasallanganlar, sil kasalligi borlar), shuningdek, yoshlarga nisbatan munosabatlardagi tafovutlarda kuzatilishi mumkin.
Shaxslaro munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turi stigmalash holatidir. Bu atama qadimgi yunon tilidan olingan boiib, stigma — «belgi», «dog‘» ma’nolarini ifodalaydi.
«Men» — konsepsiyaning inson xulq-atvoriga ta’siri borasi- da tadqiqot olib borgan Djenifer Kroker va Brenda Mayorlar o‘tkazgan ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, badanida turli chandiqlar, teri patologiyalari, ko‘zga tashlanadigan badbashara- liklar va shu kabi stigmalarga ega boigan kishilarning jamiyat- dagi xulqi o‘ziga xos bo‘lar ekan. Ulardagi jismoniy kamchiliklar boshqa insonlarning rahmini keltirishi yoki ularda qo‘rquv hissini keltirib chiqarishi mumkin bodib, bunday odamlar o‘z kamchi- liklarini ataylab hammaga ko‘z-ko‘z qilishlari mumkin ekan. Bu bilan ular o‘z kamchiliklari orqali o‘z «Men»ini namoyon etish- ga urinadilar, chunki stigmali insonlarning «Men» konsepsiyasi markazida aynan o‘z stigmasini anglash turadi.
Yana bir narsaga e'tiboringizni qaratamiz, stigmalangan o‘z- o‘zini anglash faqatgina qandaydir tashqi kamchilikka ega inson- larda emas, balki umuman nimasi bilandir boshqalardan ajralib turuvchi insonlarda ham shakllanishi mumkin. Albert Megrab- yanning fikricha, aholisining ko’pchiligini oq tanlilar tashkil qiladigan AQSHda qora tanlilarda stigmalangan o‘zini anglash shakllanib qolar ekan. Chunki ko‘pchilikni tashkil qiluvchi oq tanlilar ularga o‘z salbiy fikrlarini noverbal kommunikatsiya ka- nallari orqali yetkazib turadilar. Shu yo‘i bilan milliy yoki irqiy jihatdan kamchilikni tashkil qiluvchi insonlarda yoshhgidanoq stigmalangan o‘z-o‘zini anglash shakllanadi.
Bundan tashqari shaxs xususiyatlarida kamchiligi boigan insonlarda ham stigmali o‘zini anglash shakllanishi mumkin, o‘zida biror-bir ustunlikni ko‘rmagandan keyin ular o‘z ruhiy kamchiliklarini ro‘kach qilib, shu bilan faxrlanib yurishi mumkin (Payns E., Maslach K., 2000). Albatta inson xulq-atvorini faqat- gina «Men» konsepsiyaning tarkibi emas, balki, o‘z-o‘zini ang- lashning u yoki bu funksiyasi rivojlanganligi ham determinatsi- yalaydi. Biroq bizga omma psixologiyasi bo‘limidan shu narsa ma’lumki, inson xatti-harakatining juda kam qismi ongli bo‘lib, katta qismi anglanmagan mayllar bilan shartlashadi. Shu sababli ongsizlikka singib ketgan stigmalar xohlaymizmi-yo‘qmi, bizni boshqarishi mumkin. Albatta bu qarash hozirda ko‘p munozara- larga sabab bo‘layotgan bo‘lsa-da, ma’lum bir toifadagi insonlar uchun o‘rinlidir.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin