Ijtimoiy psixologiya


Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə71/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli
Yuqoridagi mavzularni yoritish jarayonida shaxs shakllanishi- ga oila muhitining roli, ota-onaning farzandini tarbiyalashidagi yoki unga bo‘lgan munosabatlaridagi noto‘g‘ri xatti-harakatlari- ning salbiy ta’sirlarini ko‘rsatib o‘tgan edik. Xuddi shuningdek, shaxsda agressiv xulqning shakllanishida ham oila muhitining o‘rni kattadir. Ota-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaksi- yasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabat- lariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Afsuski, ayrim oilalarda o‘z otasi yoki onasining mehr-oqi- batidan bebahra o‘sayotgan bolalar ham yo‘q emas. Ba’zi oilalarda esa ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir, albatta. Aksariyat ota- onalar o‘z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g‘amxo‘rlik, meh- ribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o‘rniga, kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan ta’sir o‘tkazadilar. 0‘z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarda agressiv xulq- atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi.
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar soni ortib borayot- ganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egal- lashiga sabab bo‘ldi. Bolalarda agressiv xatti-harakatlarning vu- judga kelishi murakkab va ko‘pqirrali jarayon boiib, unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini ohkazadi. Agressiv xatti-harakatlar — oila, tengdoshlar guruhi, oilaviy axborot vositasi ta’sirida shakllanishi aniqlangan.
Bola agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga asoslanib to‘playdi:

  1. Nosog‘lom oila muhiti. Ba’zi oilalarda ota-ona bilan far- zand o‘rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emas- ligi, farzandlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojaro- lar, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud emasligi bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi agressivlikning namoyon bo‘lishi oilaviy muhitning ta’sir dara- jasiga bog‘liq hisoblanadi.

  2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o‘z tengqur- lari bilan bo‘lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlar- ni o‘zlariga singdiradilar. Ko‘pgina hollarda bolalar tengdosh do‘stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o‘zlarini agres­siv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o‘z tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zini xo‘rlangandek his qilib, o‘zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug‘dirmasdan qol- maydi.

  3. Ommaviy axborot vositalari — bugungi kunda bolalarning agressivligini kuchaytirishga ta'sir etayotgan eng kuchli qu- roldir, degan fikr keyingi paytlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda oynai jahon orqali namoyish etilayot- gan turli jangari filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta’sir qilayotganiigi mutaxas- sislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta’siri ham o‘ziga xosligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Bolalar inter­net orqali o‘zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos kel- maydigan ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressi- yani targ‘ib etuvchi, shakllantiruvchi turli xil o‘yinlarni o‘ynash orqali o‘zlarining ongosti sohasida agressiv xulqning shaklla- nishiga sabab bo'lmoqdalar.

Bir qator psixologlarning ta’kidlashicha, oiladagi iqlim, ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona bilan far- zand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy hamohanglik yoki aksin- cha kelisha olmaslik, opa-singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik darajasi, farzand tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti- harakatlarga nisbatan ota-onaning agressiv reaksiyasi — oilada shakllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, AQSHda har yili uch mingdan besh ming nafarga yaqin bola o‘z ota-onasining ularga nisbatan qaratilgan shafqatsiz mu- nosabatlari natijasi qurboni bo‘lmoqda. Shuningdek, 16% bola aka-opalari tomonidan jismoniy jazo usuli: savalash, kaltaklash bilan jazolanmoqda. Aniqlanishicha, AQSHda o‘gay ota-onalar tomonidan bir yilda sodir etilgan jinoyatlar soni 400 tani tash- kil etgan. Ular o‘z farzandlarining o‘limiga sabab bolayotganiigi achinarli holdir.
Oilaviy munosabatlarga murojaat qilishdan avval shuni ta’kidlash zarurki, oilaga «to‘liq yoki noto‘liq» deb tavsif berish bolalar agressivligi bilan bog‘liqday tuyuladi. Bunday tavsif ay- nan agressivlikni shakllantiruvchi oilaviy sharoitni tashkil etuvchi oilalarni (ota, ona yoki ularning ikkalasi bola bilan bir uyda ya- shaydilar, ular o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri) kvalifikatsiya- laydi. Masalan, tadqiqotchilardan biri bo'lgan F.Getting qotillar ko‘p hollarda to‘liq bo‘lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. Mak-Kartining fikriga ko‘ra, odatda kichkina qotillar «yoki tarti- bsizlik, jismoniy zo'ravonlik hukm surgan oilada yoki bir-birining his-tuyg‘ulariga befarqlik, bir-birini qo‘llamaslik va bir-birining taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda» ulg‘ayadilar. To‘liq va noto‘liq oilalardagi bolalar agressivligi o‘rtasidagi kor- relyatsiya haqidagi so‘z yuritish nimaga zarurligini yanada yaxshi tushunish uchun biz quyida bu bog‘liqlikni tushuntirib bera olu- vchi oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bir necha tadqiqotlar «ota-ona — bola» juftligidagi negativ mu­nosabatlar va bolaning agressiv reaksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan. Agar bola (qaysi yosh guruhiga taalluqliligidan qat’i nazar) ota, ona yoki ularning ikkisi bilan ham yomon munosa- batda bo‘lsa, ota-ona uni nima uchun layoqatsiz deb hisoblashi- ni tushunmasa, ota-onaning qo‘llab-quvvatlashini his qilmasa, bunday holda uning jinoyat yodiga kirib ketishi ehtimoli yuqori bo‘ladi; o‘zini boshqa bolalarga qarshi qo‘yadi; tengdoshlari uni agressiv bola deb hisoblaydi; u o‘zini ota-onasiga nisbatan agressiv tutadi. D. Shtaynmetsning fikriga ko‘ra, siyosiy doirada buyurtma asosida qotillik sodir etadiganlar yoki o‘z joniga qasd qiluvchilar- ning aksariyati farzand taqdiri bilan qiziqmaydigan yoki ajrashib ketib, bolaning taqdiriga befarq qaragan oilalardan chiqqanligi tasdiqlangan. Onalari bolaligida e’tiborsiz qoldirgan va o‘z ota- onasidan zarur mehrni olmagan qizlar o‘zlari ona bo‘lganlarida bolalarini jazolab tarbiyalash (masaian, urishish, baqirish, urish, kaltaklash)ga va o‘z agressiyasini aksariyat hollarda ularga so- chishga moyil bo‘lar ekan.
Bunday xulosalar to‘liq tan olinmasa-da, lekin xorij psixologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatkichlariga asoslangan xulosalar sifatida diqqatni tortadi. Bizning o‘zbek men- talitetida xorijdan farqli jihatlar mavjudligi sifatida quyidagi mu- lohazalarni bildirish o‘rinli deb hisobladik. 0‘zbek muhitida ham ajrimlar noto‘liq oilalar yoki ota-ona mehriga to‘ymayotganlar mavjud, lekin obzbekchilikning ajoyib jihatlaridan biri sifatida bo­laning qalbidagi bu kemtikni o‘zbekona mehr — boshqalarning (bobo-buvisi, tog‘a va xolalari, mahalladagi qo‘shnilar) mehri to‘ldirishi hisobiga va mamlakatimiz tomonidan yuritilayotgan bolaparvarlik siyosati tufayli xorijdagi kabi salbiy illatlarni keltirib chiqarmayapti.
Mashhur psixolog Freda Getting «Oiladagi agressiv bolalar- ni o‘rganish» bo‘yicha olib borgan maxsus tadqiqotining nati- jalariga ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘ta qahrli, qo‘pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotgan- ligini alohida ko‘rsatib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha to‘liq oila­larda ham, noto‘liq oilalarda ham sog‘lom yoki nosog‘lom oila- viy muhit mavjud bo‘ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog‘lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir. Nosog‘lom oila muhitida asosiy e’tibor o‘zaro ziddiyatlarga qara- tilganligi sababli bunday oilada bola tarbiyasi ko‘pincha tahdid va jismoniy jazolashdan iborat bo‘ladi. Ruhan nosog‘lom oila muhitida tarbiyalanayotgan bolalar oiladagi doimiy ziddiyatlar- dan bezib, ko‘pincha ko‘chaga chiqib ketadilar. Ko‘chada bevaqt yurgan bolalarning aksariyati esa o‘zlari ham bilmasdan sodir etilgan jinoyatlarning ishtirokchilari bo‘lib qolmoqda. Bunday holat ularning ruhiyatidagi buzilishlar ta’sirida yuz bermoqda.
Ota-ona mas’uliyati bilan bolalar agressivligi o‘rtasidagi bog‘liqlikning o‘ziga xosligini Bridjit Djons va uning hamkasblari tomonidan o‘tkazilgan tajribalar ham yaqqol ko‘rsatib bergan. Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida 15, 21 va 39 oylik bolalar­ning onalari va boshqa bolalar bilan bo‘lgan munosabatlarini ku- /atadilar. Boshqa ko‘plab parametrlar qatorida bola yiglaganidan yoki ko‘tarishni so‘raganidan so‘ng ona uni qancha vaqtda qo‘liga olishi ham hisobga olinadi; bola tomonidan boshqalarga nisba- tan yo‘naltirilgan agressivlik (masalan, qo‘li bilan urish, tishlash) qayd etilgan. Onasi qo‘lga olishga shoshilmagan bolalar, onasi yig‘laganda va chorlaganda tezda javob bergan bolalarga nisbatan o‘zini agressivroq tutishgan.
Oiladagi bolalar mushtlashuviga ota-onalarning aralashuvi- ning natijasini o‘rgangan Richard Felson, bola boshqa bolalardan ko‘ra ko'proq o‘zining ukasi yoki singlisiga nisbatan jismoniy va verbal agressiyani kohsatishini aniqlagan.
Tadqiqotchilar agressiyaning rivojlanishida aka-uka va opa- singillar munosabatlarining muhimligini alohida ta’kidlaydilar. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, bir oila farzandlari orasidagi zo'Eavonlik barcha boshqa oilaviy munosabatlardan ko‘ra indi- vidning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga ke- lish mumkin. Djeyms Pattersonning yozishicha, «aka-uka va opa-singillar ularning hayotlarini buzuvchi jarayonda bir-biriga o’qituvchidirlai». U oddiy bolalarning aka-uka va opa-singilla- ridan farqli ravishda agressiv bolalarning aka-uka va opa-singil- lari hujumiga qarshi hujum bilan javob qaytarishga moyilligini, bu esa jismoniy qarama-qarshilikning uzoq davom etib, eska- lyatsiya qilinishi ehtimoli oshishini aniqlagan. Oilaviy boshqaruv xarakteri, ota-onalarning farzandini «to‘g‘ri yo‘lga solishi» yoki uning xulq-atvorni o‘zgartirishiga qaratilgan harakatlari ijtimoiy psixologlarning qiziqishiga sabab bo‘ladigan muammolardandir. Bu borada mutaxassislar uch xil tipdagi ota-onalarni ajratib ko‘rsatishgan:

  1. Ba’zi ota-onalar bola tarbiyasiga kamdan kam aralasha- dilar: ular tarbiyalashda ongli ravishda aralashmaslik siyosatini qo‘llaydilar, ya'ni bolaga o‘zi istaganidek ish tutishga yo‘l qo‘yib beradilar yoki shunchaki unga hech qanday e’tibor qaratmay- dilar, bolaning fe’l-atvori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida ham o‘ylamaydilar,

  2. Boshqa bir ota-onalar esa bola tarbiyasiga tez-tez aralasha- dilar: ular bolani goh rag‘batlantiradilar (ijtimoiy me’yorlarga xos xulq-atvor uchun), goh jazolay
    Yüklə 356,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin