Agressiyaning frustratsiya nazariyasi. Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo'yiladi. Unda agres- sivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu nazariyaning asoschisi D. Dollard va uning hamkasblari — «frustratsiya doimo agressiyaga olib keladi» degan fikrni ilgari suradilar (John Dollard, 1939). Masaian, faraz qiling, bugun darsga kech qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldingiz. Uch para dars tugagunicha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so‘ng mazza qilib ovqatlanishni modjallagan edingiz. Mana qo‘ng‘iroq ham cha- lindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni, shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala borligini aytdi. Guruh yig‘ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqat- lanish uchun oshxonaga borganingizda, ular sizga odam ko‘p bo‘lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganini aytishdi... Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, va’da- lashganingizdek, o‘rtog‘ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz. 0‘rtog‘ingiz sizdan ehtiyot bo'lgani yaxshimikan? Unga biror yo- mon gap aytishga bo‘lgan ehtimol ortadimi? Frustratsiya— bu maqsadga erishishga to‘sqinlik qiluvchi bar- cha narsalardir (shu jumladan, ovqati tugagan oshxona ham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivatsiyalangan bolsa, qoni- qish olishni kutayotgan bo‘lsa va uning bu istagi to‘siqqa uchrasa frustratsiya kuchayishi mumkin. Frustratsiya agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivatsiya hosil qiladi. D. Dollard va M. Millerning fikriga ko‘ra, frustrat- siyani keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra agressiyani namoyon qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi mumkin. Bunday jazodan qo‘rqish esa agressiya boshqa nishonga, obyektga yoki shaxsning o‘z-o‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab bo‘lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941) Frustratsiya va agressiya nazariyasi borasida o‘tkazilgan labora- toriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini koYish mumkin: frustratsiya ba’zan agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bernstayn va Filip Uorchel o‘tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatorning assistenti eshitish apparati ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis ishtirokchilarida frustasiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda frustratsiya agressiyaga sabab bollmaganining sababi frustratsiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yetarlicha tushunarli bo‘lganidir. Frustratsiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini payqagan Leonard Berkovits bu nazariyani qayta ko‘rib chiqdi. U quyidagi taxm.inni ilgari surdi: frustratsiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqazadi (frustratsiya agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqazadi). Insonning jahli qachon chiqadi, qachonki unda frustratsiyani keltirib chiqazgan odam boshqacha yo‘l tutish imkoniga ega bo'lgan bo‘lsa-yu, bunday qilmasa (Averill, 1983; Weiner, 1981). Frustratsiyani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa. Albatta agressiya kelib chiqishi uchun har doim ham frustratsiya bo‘lishi shart emas, lekin agressiya bilan assotsiatsiyalanadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi (Carlson & Others, 1990). Bu nazariyaning asosiy holatlari quyidagicha ifodalanadi:
Frustratsiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi.
Agressiyani doimo chorlovchi masalalarda uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga ega:
Subyebt lomonidan kutilayotgan bo‘lg‘usida (crishilricii gan maqsadga erishish darajasi — agar shaxs o‘z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi ancha vaqtga cho‘zilib ketsa, bunday hoi al- batta agressiyani chaqiradi.
M.aqsadga erishish yo‘lidagi to‘siq kuchi — shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘iida uchragan to‘siq yengib boimas darajada bo'lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, agressiya vujudga keladi.
Ketma-ket frustratsiyalar soni — agar maqsad yo‘lida bir to‘siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylik davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani keltirib chiqaradi.
Ya’ni subyekt maqsadidan qoniqishni qay darajada ko‘p kutsa, bu yo‘lda to‘siqlar qay darajada kuchli bo‘lsa va to‘siqlar qay darajada ko‘p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha kuchli bo‘ladi. Frustratsiyalar ketma-ket sodir bo‘lganda ularning kuchi bir- biri bilan qo‘shilib, katta kuchdagi agressiv reaksiyani tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustratsiya (maqsad- ga erishish yo'lida to‘siq paydo bo‘lishi) ko‘pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqazishi va buning ortidan agressiya yu- zaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya qo‘rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko‘pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda «agressiyani chiqarib yuborish» fenomeni deb ataladi. 0‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil ni- shonlarni topadi. Misol sifatida quyidagi tarixiy holatni kelti- rish o‘rinli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko'pchilik nemislar buning alamini olish uchun yevreylarni tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shunday degan edi: «Yce^va^^_vlnr — bu bizning agressiyamizni chiqarishi- miz uchun juda qulay obyektdir. Agar yevreylar bo‘lmaganida edi, ularni o‘ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi» (G.W. Allport. 1958). O‘rta asrlarda odamlar o‘zidagi qo'rqinch va agressiyani jodug- arlarga ko‘chirishgan, vaqti-vaqti bilan ularni gulxanda kuydirib, alamini chiqarib yuborganlar.