|
O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
|
səhifə | 1/3 | tarix | 07.06.2023 | ölçüsü | 251,37 Kb. | | #126454 |
| 3slayt O‘zbekiston Respublikasi hkb (1)
- O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
- O’zbekiston mustaqil davlat. SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati
- davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi.
- 1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga
- binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston
- SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar
- vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
- Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya
- organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy
- okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
- O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa
- muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va
- uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif
- qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi
- to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning
- navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
- 1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat
- komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning
- SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya
- tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi.
- Plenum
- Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga,
Dostları ilə paylaş: |
|
|