|
KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini
|
səhifə | 2/3 | tarix | 07.06.2023 | ölçüsü | 251,37 Kb. | | #126454 |
| 3slayt O‘zbekiston Respublikasi hkb (1)
KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi - Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi
- Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi :
- «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet
- Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini
- va ozod suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali
- ravishda e’lon qiladi».
- Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat
- mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi.
- Mazkur qarorda:
- 1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash
- bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb
- atalsin;
- 2) 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb
- belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon
- qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi.
- Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat
Dostları ilə paylaş: |
|
|