Mahalla — boshqa millatlarga nisbatan bizda mahalla bola- ning ijtimoiylashuviga juda katta hissa qo‘sha oluvchi maskandir. Mahallaning bolasi biror nojo‘ya ish qilayotganini ko‘rgan shu mahallaning har bir a’zosi unga tanbeh berib noto‘g‘ri tarbiyaning oldini olishga harakat qiladi. Bizning o‘zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi — ijtimoiylashtiruvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo‘lib, bu farq odam- lar psixologiyasida o‘z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qoli- shadi. Ya’ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‘cha-eshiklarni supurish odat- ga aylangan va barcha oilalar shu udumni biizmaydilar. Shunga o‘xshash me’yorlar tizimi har bir ko‘cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo‘layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevo- sita ta’sirini ko‘rsatadi. Ijtimoiylashuvda jamiyatdagi tashkilotlarning roli 0‘quv muassasalari — bog‘cha, maktab, litsey va kollejlar, Oliy o‘quv yurti — bu muassasalarning har biri individning ijtimoiylashuvida katta o‘rin egallaydi. Bola bog‘chadan to Oliy o‘quv yurtini tugatguncha bo‘lgan davrda juda katta ijtimoiy tajribani egallaydi va keyingi faoliyatida albatta bulardan foydalanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvida oila va mahalladan so‘ng ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy maskanlardan biri — maktabgacha ta’lim muassasalaridir. Ularning bu jarayonda o‘ziga xos ahamiyati shundaki, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo‘ladi va ular maktab ma’muriyatidan farqli ikki xil funksiyani bajaradi: ras- miy va norasmiy. Ya’ni tarbiyachi ota-ona bilan faqat tarbiyachi sifatida gaplashish yoki yaqin munosabatlarda bolishi ham mum- kin. Ota-ona va tarbiyachi munosabatlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar maqsad — bolaning ijtimoiylashuvi uchun ijobiy yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun bir qator psixologik tamoyillar mavjud: Tarbiyachi va ota-ona bir-biriga bolaning faqat yaxshi tomon- larini ko‘rsatibgina qolmasdan, uning xulqiga xos bo‘lgan salbiy ko‘rinishlarni ham yotig‘i bilan aytishdan cho‘chimasligi lozim. Har ikkala tomon ham bolaning ijobiy xulqini maqtab, salbiy- sini tuzatish uchun birgalikda choralar ko‘rishi maqsadga mu- vofiqdir. Bunda bolaning erishgan yutuqlarini maqtash, boshini silash, quchish, olqishli so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatlash yaxshi samara berishi bilan birga, uni kamsitish, tahqirlash, ustidan kulish, so‘kish, urish, kaltaklash kabi vositalarni qo‘llash umu- man mumkin emasligini unutmaslik kerak. Shuningdek, bolaping o‘rtoqlariga ham uning kamchiliklarini aytib ustidan kulishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shundagina bola bog‘chadan uyga va uydan bog‘chaga yaxshi kayfiyat bilan yo‘l oladi. Ijtimoiylashuv jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uchun yuqorida ta’kidlanganlarni hisobga olish har ikkala taraf uchun ham ijobiy yutuqlarni olib keladi. Maktabdan boshlab ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari max- sus tarzda uyg‘unlashtiriladi. Bu joyda ijtimoiylashuv ikki xil yo‘nalishda kechadi: birinchisi, o‘quv muassasasida o‘qiyotgan fanlaridan olgan bilimlari orqali ijtimoiylashadi, ikkinchisi, bola o‘ziga darsga kirayotgan o‘qituvchining xatti-harakati, xulq-atvo- riga qarab ijtimoiylashadi. Bu jarayonda eng asosiysi tarbiyachi, pedagog, o‘qituvchining o‘zini tutishi, kiyinishi, muloqot mada- niyati, o‘z hissiyotlarini boshqara olish qobiliyati kabilar bolaning ijtimoiylashuviga o‘ziga xos holatda ta’sir o‘tkazadi. Shuning uchun o‘qituvchilarda faqat bilim berish emas, balki tarbiyalash- ning ham talab etilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o‘qituvchilar o‘z vazifalarini faqatgina bilim berishdangina iborat deb hisob- lashi noto‘g‘ri, albatta. Bundan tashqari bolaning dars va dars- dan tashqarida amalga oshirayotgan xatti-harakatlari yoki xulq- atvoriga nisbatan o‘qituvchining e’tibor berishi yoki e’tiborsizligi ham uning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Talabalar guruhida bilimi kuchli bo‘lsa-da talabalarga e’tiborsiz bo‘lgan, ularning tarbiya jarayoniga aralashmaydigan o‘qituvchilarga talabalar ham befarq munosabatda bodadilar. Shu nuqtayi nazardan talabalar didi, kutishlari va talablariga javob bergan o‘qit.uvchi ular tomonidan tan olinadi, aks holda o‘qituvchining ta’siri faqat salbiy rezonans beradi. Bundan tashqari oliy o‘quv yurtida talabaning ijtimoiylashuvida uning guruhi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda har bir guruhning o‘ziga xos psixologik iqlimi mavjud bo‘lib, bu iqlimning talaba tomonidan ijobiy yoki salbiy deb qabul qilinishi, guruhdagi mavjud me’yorlarning talaba tomonidan qabul qilinishi yoki qilinmasligi, guruhiy dinamikaning o‘ziga xos jihatlari kabilar uning ijtimoiylashuvida asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.