«Yer-и ko'kdagiЬиуик o‘zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq chiqarish, o‘rnak olish uchun odamzot o‘zining yon atrofigc uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi bilan qarashi lozim. Karimov
KIRISH Prezidentimiz aytgan bu fikrni shaxs va uning psixologiyasi bilan qanday bogiash mumkin. Bu fikrning mag‘zini chaqadigan bo‘lsak, uning butun mazmun-mohiyati go‘yoki ijtimoiy psixo- logiya va shaxs psixologiyasiga bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin. Axir har bir individ tug‘ilganidan boshlab to umrining oxiriga qadar haqiqatan ham «уег-u ko‘kdagi o‘zgarishlarni sezib, his qilib, ulardan saboq chiqarib» yashaydi-ku! Aytish mumkinki, aynan mana shunday jarayonlarni boshidan kechirgan individ- gina shaxs bo‘lib shakllanadi va jamiyat hayotiga qo‘shila oladi. Buning uchun undan hamisha «o‘zining yon-atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi bilan qarash» talab etiladi. Shundagina u yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishi va jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘la oli- shi mumkin. «Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz, — deb yo- zadi, mashhur romannavis yozuvchi German Melvill, — bizning hayotimiz boshqalarning hayoti bilan bir-biriga minglab rishta- lar bilan chambarchas bog‘langandir». Ijtimoiy psixologiya aynan mana shu rishtalarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan hisoblanib, nima uchun jamiyatdagi kishilar bir-birlariga ta’sir o‘tkazishlari, bir-birlari haqida o‘ylashlariga oid ma’lumotlarning ilmiy asoslarini o'rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi va predmeti — shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish qonuniyat- lari ekanligini ko‘pgina ijtimoiy psixologlar ta’kidlab o‘tganligi ma’lum. Shunday ekan, ushbu o‘quv qo‘llanmada biz shaxs va jamiyat munosabatlariga oid muammolarning boshqa adabiyotlarda yoritilmagan jihatlarini kengroq yoritishni maqsad qildik. Chunki bo‘lajak psixolog, psixologiya fani o‘qituvchisi sifatidagi muta- xassis — talabalar uchun bu kabi muammolarga. doir bilimlarni chuqur egallash o‘z mutaxassisligini chuqur egallashgagina xizmat qilib qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida ham o‘ziga xos zaruriyat kasb etadi. Ayniqsa shaxs va shaxslararo munosabat- lar doirasida yuz beradigan aloqalar chuqur yoritilgan bo‘lib, bu bo‘lajak mutaxassislarning bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb bo‘lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Bu mavzularni yoritishda xorij hamda rus psixologiyasi namoyandalarining o‘tkazgan tadqiqotlari va qarashlaridan foy- dalandik. Biz, mualliflar guruhi nomidan psixologiya sohasini chuqur o‘rganish ishtiyoqida bo‘lgan barcha talabalarga omad tilagan holda ularning o‘quv qo‘llanmaning kamchiliklariga doir qarash- lari va uni boyitish yuzasidan takliflarini ham kutib qolamiz.