Ijtimoiy psixologiya


Umumahamiyatga ega namunalar



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə14/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Umumahamiyatga ega namunalar. Me’yorlar ko’pchilikning xulqiga ta’sir qilmay turib guruhning faqat bitta a’zosiga yoki butun guruhga tarqala olmaydi. Agar me’yorlar jamiyatga xos boisa, u holda u butun jamoatchilik doirasida umumahamiyatga ega bo'ladi, agar guruhga tegishli me’yorlar bo‘lsa uning umumiy ahamiyati shu guruh doirasi bilangina chegaralanadi.

  • Guruh yoki jamiyat tomonidan sanksiyalarni qo‘Ilash. Ya’ni har qanday me'yorning bajarilgan yoki bajarilmaganligiga qarab rag‘bat yoki jazolash, ma’qullash yoki qoralash shaklida namoyon bo’lishi.

  • Subyektivlikning mavjudligi. Subyektivlik ikki xil aspektda namoyon bo‘ladi. Unga ko‘ra shaxs tanlashi kerak bo‘lgan holatni o‘zi hal qilish huquqiga ega. Bunda ikki xil holat mavjud: a) inson guruh yoki jamoatchilik me’yorlarini qabul qilish va amal qili- shi ham mumkin; b) inson guruh yoki jamoatchilik me’yorlarini qabul qilmasligi va amal qilmasligi ham mumkin.

  • 0‘zaro bog‘liqlik. Jamiyatda me’yorlar o'zaro bogdangan va o‘zaro shartlashgandir, ular odamlar faoliyatini nazorat qiluvchi murakkab tizimni namoyon etadi. Me’yortiv tizimlar turli xil bo‘lishi mumkin va bu V-irli xillik ijtimoiy va shaxslalaro nizo- larga olib kelishi ham mumkin. Ba’zi bir ijtimoiy me’yorlar esa bir-biriga zid bo‘lib, shaxsni ulardan birini tanlashga majbur qilib qo‘yadi.

  • Masshtablilik. MeMn'kir masshtabliligiga garab ijtimoiy va guruhiy me’yorlarga boiinadi. Ijtimoiy me’yorlar — butun jamiyat miqyosida amal qiladi va o‘zida ijtimoiy nazoratning odat, an’ana, qonun, etiket va boshqa shakllarini namoyon eta- di. Guruhiy me’yorlar — amal qilish doirasi jihatdan kichikroq bo‘lib, u ma’lum bir guruhdagina amal qilishi bilan cheklanadi va aynan shu guruhda o‘zini qanday tutish kerakliligi (axloq, odat, qiliqlar, guruhli yoki individual odatlar) bilan aniqlana- di. Talabalar guruhida guruh a’zosini «sotmaslik» kabi me’yor bo‘lishi mumkin.

    Jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun bora-bora bajarilishi shart bo‘lib qoladigan ma’lum udumlar, odat tusiga aylanishga ulgurgan harakatlar shu jamiyat a’zolari uchun «umumiy qoi- dalar» bo‘lib xizmat qiladi. Shunday me’yorlar mavjudki, ular buzilsa yoki ularga amal qilinmasa, u holda kichik jazolar (uni ma’qullamaslik, qovoq uyish, noma’qul qarash) qo‘llaniladi.
    Ijtimoiy me’yorlar tizimi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ruhiy yuksalishlarni o‘zida aks ettiradi. Ularda quyidagilarning aksini topish mumkin: hayot tarzi, xalqning tarixiy xususiyatlari, uning mentaliteti, davlatda mavjud bo‘lgan boshqaruv hokimiyatining ko‘rinishi. Me’yor odamlarni jamoa va guruh sifatida bir-biri- ga bog'laydi. Bu qanday amalga oshadi? Birinchidan, me’yor — bu kutishdir: me’yorga amal qilgan odam atrofdagilardan ham xuddi shunday harakatni kutadi. Piyodalar o‘tish yo‘lakchasining o‘ng chekkasidan o‘tayotgan odamlar to‘g‘risidan, qarama-qarshi tarafga kelayotgan odamlar yo‘lakning chap tarafiga o‘tsa, tartib- li, tashkillashtirilgan harakat amalga oshadi. Me’yorlarni buzish oqibatida esa kishilarning bir-birlari bilan turtilib ketishi yuzaga keladi va natijada nizoli vaziyat yoki biror falokat yuz berishi mumkin. Demak, me’yorlar subyektining maqsadi, motivi, faoli- yat, kutishi, baho berishi kabilarni qamrab oluvchi ijtimoiy mu- nosabatlar tizimini shakllantiradi. Shu tariqa, me’yorlar kutish ko‘rinishida (boshqalarning o‘zini tutishiga nisbatan reaksiya) yoki standart xatti-harakatlar (majburiyat, qoida) ko‘rinishida talqin etilishiga ko‘ra ma’lum vazifani bajaradi.
    Nimaga odamlar me’yorlarga amal qiladi va nega jamoatchilik bularni nazorat qiladi? Me’yor qadr-qimmatning himoyachisidir. Oila sha'ni va qadri azaldan odamlar va jamiyatning eng muhim qadriyatlaridan hisoblanib kelgan. Jamoatchilik tomonidan esa uning barqarorligi va rivojlanishi qadrlanadi. Oila jamiyatning asosiy yacheykasi va u haqida qayg‘urish jamiyatning eng muhim vazifasidir. Oila va unda amal qiladigan me’yorlarning asosi si- fatida quyidagi hadislarni keltirish o‘rinlidir: «Farzandlaringiz- ni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq odobini ham yaxshilangiz» (38-hadis), «Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi» (136-hadis).

    Yüklə 356,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin