Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy me’yor turlari va ularning shaxs xususiyatlarini shakllantirishda tutgan o‘rni



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə16/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy me’yor turlari va ularning shaxs xususiyatlarini
shakllantirishda tutgan o‘rni

Shaxs tomonidan qo‘llaniluvchi barcha me’yorlar 2 guruhga bo‘linadi:

  1. Ijtimoiy texnik (noijtimoiy) me'yorlar.

  2. Ijtimoiy me’yorlar.

Ular orasidagi farq nazorat predmetiga ko‘ra aniqlanadi. Ay- taylik, ijtimoiy me’yorlar insonlar va ular o‘rtasidagi munosabat- ni nazorat qilsa, texnik me’yorlar inson va tashqi dunyo, tabiat, texnika vositalari o‘rtasidagi munosabatni nazorat qiladi. Bular: «inson — mashina», «inson — mehnat quroli», «inson — ishlab chiqarish» kabi munosabatlar.

  1. NOIJTIMOIY ME’YORLARni bajarish odamga o‘z faoli- yatida texnika yutuqlaridan, tabiiy va sun’iy obyektlardan foydala- nishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat qiladi. Ularga texnika, qishloq xojaligi, iqlim bilan bog'liq, fiziologik, biologik, fizik, ximik, sanitar-gigiyenik kabi me’yorlar taalluqli. Texnik va boshqa noijtimoiy me’yorlarga rioya etmaslik tabiat kuchi yoki moddiy obyektlar tomonidan odamlarning aniq qilmishlari uchun negativ, ya’ni yomon oqibatlarga olib keladi. Masaian, agrotexnik qoidalarini buzish hosildorlikning tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Agar texnikaviy me’yorlar bajarilmasa, Chernobl atom elektr stan- siyasidagi kabi falokat sodir bo‘lishi mumkin.

  2. IJTIMOIY ME’YORLAR insonlar o‘rtasidagi munosa- batlarni boshqaruvchi harakatlar qoidasidir. Bu o‘z navbatida shunday tusdagi barcha vaziyatlarda keng qo‘llaniladigan va ta’riflangan vaziyatga tushib qolganlarning hammasi bo‘ysunishi shart bo‘lgan, bir odamning boshqa odamga nisbatan o‘zini tu- tish qoidalarining masshtab, namuna va standartidir.

Me’yorlarning turlari.
Ijtimoiy me’yorlarni 3 asosga ko‘ra tasniflash mumkin:

  1. jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘- yicha;

  2. kelib chiqish usuliga ko‘ra;

  3. mustahkam.lanish usuliga ko'ra.

Jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘yicha ijtimoiy me'yorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: udum, marosim, odat, urf-odat, huquqiy, axloqiy me'yorlar, koorporativ me’yorlar, siyosiy me’yorlar, diniy tashkilot me’yorlari, talabalar yotoqxonasi me’yorlari, estetik me’yorlar, etiket me’yorlari kabilar.
Odatiy me'yorlar bu muhrlanib qolgan, ma’lum faoliyat jara- yonida ko‘p va takroran qo‘llanilishi natijasida shakllangan o‘zini tutish qoidalaridir. Odatga aylanayotgan u yoki bu me’yor o‘zining baholovchilik xarakterini yo‘qotadi, uning bajarilishi asosida yo- tuvchi darajalar esa uning mavjudligi va odatiyligi oldida 2-dara- jali boiib qoladi.
Urf-odat me’yorlari odat me’yorlarining bir qismi boiib, bu oilaviy, milliy va shu kabi qoidalarni saqlab qolish bilan bog‘liq boigan, tarixan rivojlangan va nasldan naslga o‘tuvchi umum- lashgan qoidalardir.
Diniy me’yorlar — dindorlarning xudoga, machitga, cher- kovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularga amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoi- dalaridir.
Siyosiy me’yorlar — qoiga olish, ushlab turish va ommaviy si- yosiy boshqarishni qo‘llash bilan siyosiy guruhlardagi munosabat- larni nazorat qiluvchi axloqiy me'yorlardir. Siyosiy me’yorlar xalq va ijtimoiy guruhlarning davlat boshqaruvida, davlat tashkilotlari hamda jamiyatning boshqa siyosiy tizimidagi tashkilotlar bilan munosabatlaridagi ishtirokini nazorat qiladi.
Iqtisodiy me’yorlar — ishlab chiqarish, moddiy boylik taqsimoti va iste’moli bilan bog‘iiq boigan ommaviy munosabatlarni na­zorat qiluvchi axloqiy qoidalar.
Huquqiy me’yorlar (ichki va xalqaro) — barchaga majburiy boigan, maxsus davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan, shakllanadigan, tasdiqlanadigan va davlat tomonidan nazorat qilinadigan shaxslarning o‘zini tutish qoidalari. Ular qonunlar, farmoyishlar, ustavlarda e’tirof etiladi va me’yoriy aktlarda aks etadi.
Koorporativ me’yorlar — turli tashkilotlar o‘rtasidagi, tashkilot a’zolari o'rtasidagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoi­dalar.
Axloqiy me’yorlar — jamoatchilikda odamlarning yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, majburiyat, g‘urur, qadr-qim- mat kabi axloqiy tushunchalarga muvofiqlikda o‘rnatiluvchi odob me’yorlaridir. Axloqiy me’yorlarni buzishdagi sanksiyalar vijdon- ning qiynalishi va qilgan ishidan afsuslanishi. Lekin jamoatchilik tomonidan qabul qilingan axloqiy me’yorlarni buzganlarga ular to­monidan jazo berilishi mumkin. Axloqda me’yor va qarash o‘rtasida aniq farq mavjud emas. Bir odam uchun xatti-harakatlar qoidasi
hisoblangan hodisa — boshqasi uchun majburiy bodmagan, ammo imkoniyat darajasida bajarish mumkin bo'lgan qarashdir. Shunday bo‘lsa ham, jamoatchilikka xos axloq qoidalari ham mavjud. U keng tarqalgan va butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan me’yorlarni o‘z ichiga oladi.





IJT1MO1Y ME’YOR
















Jamoatchilik mu- nosabatlarini na-

Shakllanish usuliga ko‘ra

Mustahkamlanish usuliga ko'ra

zorat qilish sohasi

j








Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin