Ijtimoiy sanksiya va uning turlari Ijtimoiy sanksiya tushunchasi ostida jamiyat uchun aha- miyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ijtimoiy guruh yoki jamoatchilikning munosabati tushuniladi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jami- yatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiri- ladigan jazolash yoki rag‘batlantirish vo'llaridir. Sanksiyalarni bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga ajratish mumkin. Masalan, ijtimoiy me’yorlar bajarilgan holatda ijobiy sanksi- yalar qo‘llanilsa, me’yorga amal qilinmaganda salbiy sanksi- yalar qo‘llaniladi. Shaxs jamiyatdagi mavjud biror turdagi me’yorni buzganda o‘ta qattiq sanksiyalar — davlatdan quvg‘in qilish, o‘lim jazosi, qamoq jazosi kabilar qo‘llaniladi. Sanksiyalarning eng og‘iri tabu (axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy taqiq) va yuridik qo- nunlarni (masalan: odam oddirish, davlat sirlarini sotish) buzish- ga nisbatan qollanilsa, eng yumshog‘i — guruhiy me’yorlarning, shu jumladan oilaviy me’yorlarning (ro‘mol o‘ramaslik) alohida ko‘rinishlarini buzish kiradi. Ammo shunday guruhiy odat yoki udumlar yoki me’yorlar mavjudki, ular juda qadrlanadi va ular- ning buzilishiga yoki ularga amal qilmaslikka qarshi ham qattiq choralar, sanksiyalar qo‘llaniladi. Ba’zan bir vaziyatda bir necha ijtimoiy me’yor qoidalari va ularni nazorat qiluvchi sanksiyalar mavjud bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaxsning ko‘p qirrali, har tomonlama tartibli bo‘lib rivojlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Olimlar tomonidan sanksiyaning verbal va noverbal tur- lari ajratilgan. Bundan tashqari yana to‘rt turi ajratilgan bo‘lib, ular: pozitiv, negativ, formal, noformal. Ular yana to‘rt tipdagi uyg‘unlikni namoyon etadi. Sanksiyalarning mavjudligi kishilarni ijtimoiy me’yorlarga amal qilishga chorlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy me’yorlarga amal qilgan yoki qilmagan shaxs jamiyat a’zolari tomonidan turli xil sanksiyalarga duch kelishini bilgani va ang- lagani holda mavjud me’yorlarni qabul qilib, ularga amal qila- di.
Pozitiv (ijobiy)
Negativ (salbiy)
Rasmiy
Rasmiy-pozitiv sanksi- yalar (R+) jamoatchilik oldida shaxsning rasmiy tashkilotlar tomonidan ragtbatlantirilishi — huku- mat sovrinlari, davlat me- dallari, stipendivalar.
Rasmiy-negativ sanksiya R — yuridik qonunlar, hu- kumat qarorlari, buyruq va fa rmoyishla rid a ko'rsatilgan jazolashlar — qamoq jazosi, fuqarolik huquqidan mah- rum etish, ishdan bo'shatish, jarima solish, mulkni muso- dara qilish kabi jazolar.
Norasmiy
Norasmiy-pozitiv sanksiya (N+) — rasmiy tashkilotdan chetdabo‘lmaganjamoatchi- lik oldida rag'batlantirish: kompliment, olqishlash.
Norasmiy-negati v sanksi- yalar (N) — rasmiy bosqich va yo‘i-yo‘riqiar bilan ko'rib chiqilmagan jazolar: tanbeh, ustidan kulish.
Tadqiqotchilar ijtimoiy me’yorlarning buzilishiga nisba- tan bee’tiborlik yoki me’yorga amal qilinmaganda sanksiya qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi holatini o‘rganish maqsadida odamlarga so'rovnoma bilan murojaat qilganlar. So‘rovnomaga kiritilgan quyidagi savolga nisbatan bildirilgan munosabatlar orqali ma’lum bir vaziyatda jamiyat a’zolari tomonidan sanksiya qanchalik tez-tez qo‘llanilishi o‘rganilgan. Savol va unga beri- ladigan javob variantlari quyidagicha: Siz jamoat transportidasiz- Avtobusga yoshi katta ayol chiqdi. U qoTida og‘ir yuk bilan bir yosh o'smir bolaning oldiga keldi. Bola esa ayolni ko‘ra turib unga joy bermadi. Bunday holda Siz: E 'tibor bermayman (bu holatga aralashmayman)
Bolaga o‘qrayaman yoki ichimda uni yoqlamay
o ‘tiraveraman d) Bolaga tanbeh beraman (so‘zlar orqali) Yoshi, millati va jinsi turlicha bo‘lgan 25 ta odamga ushbu so'rovnoma bilan murojaat qilingan. Uning natijalari quyidagi diagramma orqali ko‘rsatiladi: