Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy me’yor — insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqa- ruvchi harakatlar qoidasi. Ijtimoiy nazorat — ijtimoiy munosabatlarning jonli pardasini saqlaydi va o‘zida jamoat tartibini saqlashning o‘ziga xos me- xanizmi. Noijtimoiy (texnik) me’yor— me’yorlar inson va tashqi dunyo, tabiat, texnika vositalari o‘rtasidagi munosabatni nazorat qiladi. Ijtimoiy me’yor — shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u ja- miyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tibor etilgan harakatlar talablari hamda tartib va qadriyatlarning himoyachisidir. Ijtimoiy sanksiya— jamiyat uchun ahamiyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga ijtimoiy guruh yoki jamoatchilik- ning munosabati. Roi — shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchla- ridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Rollardagi nizolar— ma’lum bir rolni egallab turgan shaxsdan uning atrofidagi maium bir guruh kutayotgan kutuvlarni amalga oshirilishi jarayonida sodir boiadigan to‘qnashuv. Nazorat savollari:
Ijtimoiy me’yorlarning kelib chiqish bosqichlariga tavsif.
Barcha me’yorlar uchun qanday xususiyatlar umumiy hisob- lanadi?