Ijtimoiy psixologiya


Tolerantlikning KOGNITIV komponenti



Yüklə 356,57 Kb.
səhifə59/77
tarix18.03.2023
ölçüsü356,57 Kb.
#88711
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Ijtimoiy-psixologiya

Tolerantlikning KOGNITIV komponenti.
Bu komponent yaqqol ko‘rinuvchi va ko‘p jihatdan tadqiq etilganligi uchun tolerantlik ko‘pincha kognitiv «transkripsiya»da tasvirlanadi. Bu yerdagi asosiy jihatlar murakkablik, ko‘p o‘lchamlilik, oldindan bashorat qilib bo‘lmasligi, u haqdagi in­dividual fikrlar tabiatini tan olishdir. Shuning uchun ham u haqdagi fikrlarni yagona haqiqatga birlashtirishning imkoni yo‘q. Yuqoridagi aspektlar tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasida ham ta’kidlab o‘tilgan, unda tolerantlik — bu «eng avvalo biz- ning olamni, inson individualligining namoyish bo‘lish shakl- lari turlichaligi, boyligini to‘g‘ri anglashimizdir», — deyiladi. Tolerantlikning kognitiv komponenti inson tomonidan murak­kablik va ko‘p o‘lchamlilikni qabul qilish va tushunishdan iborat bo‘lib, bular hayotiy haqiqat bilan bir qatorda uni qabul qi­lish variantlarining turlichaligi, ularni turli insonlar tomonidan turlicha baholanishi va tushunilishi, nisbiy va to‘liq emasligi, siibyektivligidir. Tolerantlik kognitiv o‘lchamda aynan qarama- qarshilik holatlarida namoyon boiadi: fikrlarning to‘qnash keli- shi, qarashlarning mos kelmasligi va hokazo. Bu mos kelmas- lik plyuralizmni qabul qilish, interpretatsiyalarning boyligidan dalolat beradi. Kognitiv intolerantlik tolerantlikning aksi bo‘lib, me’yor mavjudligi pozitsiyasidan kelib chiqadi, shuning uchun u fikrlarning ko‘p bodish imkoniyatini rad etadi va har qanday fikrlar plyuralizmi, insonlarning turlicha nuqtayi nazarlarini xatolik, adashish va hatto atayin qarshi chiqish deb baholaydi. Tolerantlik shuningdek, shaxsning suhbatdoshi bilan ma’lum vaziyat ustidan turlicha fikrlar bildirish imkoniyatini ham ang- latadi, kognitiv «nizo» shaxslararo nizoga olib kelmaydi.
Tolerantlikning EMOTSIONAL komponenti.
Tolerantlikda empatiyaning ahamiyati beqiyos va bu fikrni deyarli barcha tadqiqotchilar ma’qullagan. Tolerantlikning emotsional tashkil etuvchisining ahamiyati shundaki, aynan shu o‘lchov kommunikativ jarayonda suhbatdoshlarni o‘zaro umumiylikka erishishlari, uzilgan insoniy aloqalarni tiklash- lari imkonini beradi. Bundan tashqari empatiya suhbatdoshlar o‘rtasidagi kognitiv yoki xulq-atvor tekisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yum- shatish imkonini beradi. To‘liq empatiya bebaho va bu ma’noda mazmunan tolerantdir. Emotsional komponentning alohida tashkil etuvchisi sifatida emotsional barqarorlikning o‘ziga xos ko‘rinishi — «affektiv tolerantlikni» aytish mumkin. Uning mazmuni emotsional tolerantlikni, og‘riqli hislarni sabr bilan yengish va hokazo. Tolerantlikning ushbu ko‘rinishining boshqa bir aspekti o‘zga kishining turli emotsional ko‘rinishlariga sabrli munosabatda bo‘lishi bilan bog'liq. Rivojlangan affektiv tole­rantlik insonga shaxsiy emotsional jarayonlari bilan bir qatorda boshqa insonlarning his-hayajonlarini yaxshiroq anglashga, asabiylashmay va ulardan yomon ma’no izlamay qabul qilishga yordam beradi.

Yüklə 356,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin