Ijtimoiy psixologiyaga kirish



Yüklə 34,02 Kb.
səhifə2/2
tarix22.10.2022
ölçüsü34,02 Kb.
#65865
1   2
Ijtimoiy psixologiyaga kirish

Oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida 
To‘rtinchidan,  oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida. Bu yerda oilaga 
xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik 
masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy 
psixologik metodlari o‘rganiladi. 
Ajratilgan vazifalardan yana biri shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o‘zi bilan 
bevosita aloqador bo‘lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o‘zgarishlar 
davrida har bir inson ongida nima sodir bo‘ladi, u bu o‘zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, 
uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan 
savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir. 
Boshqaruv psixologiyasi, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi ham shunday guruhiy 
jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy sohalardir. 
Ijtimoiy psixologiya o‘rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
muammolarni o‘z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng 
fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida 
o‘tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob’ekti ham muomaladir. Uning inson hayotida 
tutgan o‘rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va 
uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim 
tadbiqiy yo‘nalishlaridandir. Shuning uchun ham har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot 
samaradorligini oshirish omillarini o‘rganish hozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muhim 
muammolardandir. 
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosalar: 
Ushbu mavzuni o‘rganish natijasida talabalar ijtimoiy psixologiya fani tarixi, uni vujudga 
kelishidagi uch nazariy manba, shart-sharoit to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishadi. Shu 
bilan birga inson va jamiyat munosabatlaridagi o‘ziga xos ilmiy yondashuvlarni tushunib 
anglashlariga imkon yaratiladi. 

XOZIRGI ZAMON IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING 

METODOLOGIK MUAMMOLARI VA METODLARI. 
KUZATISh METODI
Tashqi (ob’ektiv kuzatish) 
Ichki (sub’ektiv, o‘z-o‘zini kuzatish) 
Erkin kuzatuv
Standartlashtirilgan 
Guruh ichida kuzatish 
Guruh tashqarisida kuzatish 
SO‘ROQ METODLARI 

Og‘zaki so‘roq


Yozma so‘roq
Erkin so‘roq (suhbat)
Standartlashtirilgan so‘roq 
TESTLAR METODI 
Test – so‘rov 
Test - topshiriq 
Proektiv test Sotsiometrik test 
EKSPERIMENT 
Tabiiy eksperiment Laboratoriya 
eksperimenti 
MODELLAShTIRISh
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish 
Texnik modellashtirish Kibernetik 
modellashtirish 
Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini 
yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning 
metodlari deb yuritiladi
1 - jadvalda ijtimoiy psixologiyadagi asosiy psixologik metodlar va ularni qo‘llash 
shakllari keltirilgan. 
Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlar 
Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos 
vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, 
qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mo-
baynida davom etgiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini 
boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini 
qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo‘llanilganda 
tadkiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq 
bo‘lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi; kuzatish shaklini tanlash va kuzatish 
natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish; ma’lum reja — sxema asosida muttasil kuzatuv 
olib borish; olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib 
ko‘rish. Kuzatish kuzatuvchi tomonidan kuzatish ob’ekti bo‘lmish odamlar guruhi bilan birga 
yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to‘plansa, bunday kuzatish turini 
"birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy 
psixolog U. Uaytning o‘smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik hodisalarni 
o‘rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o‘z 
ob’ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki 
"ob’ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tashqi xulq-
atvorni qayd qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni 
isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham ijtimoiy psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi. 
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini
kuzatish muhim ma’lumotlar to‘plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos 
bo‘lgan eng qimmatli narsa — sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi. 
Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati 
Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator 
afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga 
imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash 
imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. 
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish 
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy 
psixologiyada kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning 
yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd 
etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari 
amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta 
ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini 
aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik 
chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan 
va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar. 
Kontent-analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv 
birliklari — kategoriyalarni aniqlashdir. Chunki bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va 
tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, kontent-
analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik — ramziy birlik yoki simvollar 
bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday 
birlik yaxlit mavzu bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda 
ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun 
ham ko‘pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin 
deb hisoblaymiz: 
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik 
tashabbus, hamkorlik va hokazo); 
b) yaxlit abzaslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan mavzular 
(masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va 
hokazo); 
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari; 
g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va 
shunga o‘xshash). 
Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta 
ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir 
tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot 
so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni 
tushuntirib berish kerak. 
So‘rov metodi 
So‘roq metodlari. So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, 
ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi 
shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin 
bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z 
fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob 
beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi 
materiallar to‘planadi. 
So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida 
oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, 
komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq 
o‘tkazilishi nazarda tutiladi. 
Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda 
doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining 
sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va 
sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda 
ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida 
ishlatib kelinmokda. 
Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat, 
intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir. 
Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib xizmat 
qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr 
almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida, 
qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda 
bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu 
jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat 
shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir. 
Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u 
odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy 
psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik 
kursidan o‘tadilar. 
Anketa usuli 
Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani
o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab,
sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan 
savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z 
fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari 
berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan 
javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan 
vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik 
ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan 
o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob 
variantlarini topib bo‘lmaslikdir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi 
yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin. 
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, 
ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar 
qoldiriladi.
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi: 
1. Kirish qismi yoki “respondenga murojaat" deb ataladi. Bu qismda odatda tadqiqot 
o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, 
tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan 
holda ishlatilishi (anonimlilik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Yo‘riqnoma — 
murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan 
munosabatiga bog‘liqdir. 
Yüklə 34,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin