XOZIRGI ZAMON IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING
METODOLOGIK MUAMMOLARI VA METODLARI.
Ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat 6ilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy
vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy
munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini xayotga
tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va
munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishining mexanizmlarini
o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
Taniqli fransuz olimi Serj Moskovisi: “Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita
jamiyat belgilaydi”, deb yozgan edi. Demak, fan sifatida ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan
vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi.
Xo‘sh, bugungi kunda ijgimoiy psixologiya fan sifatida o‘z bahs mavzusini o‘z
predmetini qaysi ob’ektlarga qaratmoqda va bundan kelib chiqib bu fan oldida qanday vazifalar
mavjud?
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi Birinchidan, uning asosiy yo‘nalishi kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini
o‘rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha malum ijtimoiy guruxlap doirasida faoliyat
ko‘rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko‘cha-kuydagi norasmiy guruhdagi do‘stlari
davrasi, o‘quv jamoasi va hokazolardir. Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o‘zini
tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o‘ziga xos guruhiy ta’sirlar, guruhdagi shaxslararo moslik,
liderlik, guruhiy taz’yiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalar aslida o‘sha guruhlarni boshqarish,
o‘zaro munosabatlar sharoitini yaratish - bu odamlarni samarali o‘zaro muloqotga o‘rgatishning
zaruriyatidir.Guruhlardagi kishilar o‘rtasida o‘zaro muloqot, o‘zaro bir-biriga ta’sir usullari,
odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi
hisoblanadi.
. Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‘rganish Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi
o‘zgarishlar va manaviy jihatdan poklanish davrida o‘ta muhim sohadir. Shaxsni ijtimoiy
psixologik o‘rganish tadqiqotlarining ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori,
ijtimoiy motivlari, uning yo‘nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy
rollari, mavqei, ijtimoiy qo‘shilish omillari-ijtimoiylashuvi; shaxsning o‘z-o‘ziga bahosi,
munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri,
shaxs tiplari o‘rganiladi.
Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar Uchinchidan, jamiyat miqyosida ro‘y beradigan ommaviy hodisalar ijtimoiy psixologiya
uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar
guruhida shaxslararo munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda
sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar,
aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar;
turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o‘zaro ta’sir masalalari
tushuniladi. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning tasirini
inkor etish - masalaga bir yoqlama yondashish bilan barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub
bo‘lgan millat, elat yoki xalqning ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan
ananalar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari kabilar o‘z muayyan tasir kuchiga ega.