Oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida
To‘rtinchidan, oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida. Bu yerda oilaga
xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik
masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy
psixologik metodlari o‘rganiladi.
Ajratilgan vazifalardan yana biri shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o‘zi bilan
bevosita aloqador bo‘lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o‘zgarishlar
davrida har bir inson ongida nima sodir bo‘ladi, u bu o‘zgarishlarni qanday idrok qilmoqda,
uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan
savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
Boshqaruv psixologiyasi, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi ham shunday guruhiy
jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy sohalardir.
Ijtimoiy psixologiya o‘rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan
muammolarni o‘z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng
fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida
o‘tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob’ekti ham muomaladir. Uning inson hayotida
tutgan o‘rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va
uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim
tadbiqiy yo‘nalishlaridandir. Shuning uchun ham har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot
samaradorligini oshirish omillarini o‘rganish hozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muhim
muammolardandir.
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosalar:
Ushbu mavzuni o‘rganish natijasida talabalar ijtimoiy psixologiya fani tarixi, uni vujudga
kelishidagi uch nazariy manba, shart-sharoit to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishadi. Shu
bilan birga inson va jamiyat munosabatlaridagi o‘ziga xos ilmiy yondashuvlarni tushunib
anglashlariga imkon yaratiladi.
.
XOZIRGI ZAMON IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING
METODOLOGIK MUAMMOLARI VA METODLARI.
KUZATISh METODI
Tashqi (ob’ektiv kuzatish)
Ichki (sub’ektiv, o‘z-o‘zini kuzatish)
Erkin kuzatuv
Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
SO‘ROQ METODLARI
Og‘zaki so‘roq
Yozma so‘roq
Erkin so‘roq (suhbat)
Standartlashtirilgan so‘roq
TESTLAR METODI
Test – so‘rov
Test - topshiriq
Proektiv test Sotsiometrik test
EKSPERIMENT
Tabiiy eksperiment Laboratoriya
eksperimenti
MODELLAShTIRISh
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik
modellashtirish
Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini
yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning
metodlari deb yuritiladi
1 - jadvalda ijtimoiy psixologiyadagi asosiy psixologik metodlar va ularni qo‘llash
shakllari keltirilgan.
Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlar
Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos
vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman,
qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mo-
baynida davom etgiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini
boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini
qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo‘llanilganda
tadkiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq
bo‘lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi; kuzatish shaklini tanlash va kuzatish
natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish; ma’lum reja — sxema asosida muttasil kuzatuv
olib borish; olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib
ko‘rish. Kuzatish kuzatuvchi tomonidan kuzatish ob’ekti bo‘lmish odamlar guruhi bilan birga
yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to‘plansa, bunday kuzatish turini
"birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy
psixolog U. Uaytning o‘smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik hodisalarni
o‘rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o‘z
ob’ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki
"ob’ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tashqi xulq-
atvorni qayd qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni
isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham ijtimoiy psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini
kuzatish muhim ma’lumotlar to‘plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos
bo‘lgan eng qimmatli narsa — sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi.
Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati
Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator
afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga
imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash
imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy
psixologiyada kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning
yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd
etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari
amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta
ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini
aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik
chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan
va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar.
Kontent-analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv
birliklari — kategoriyalarni aniqlashdir. Chunki bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va
tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, kontent-
analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik — ramziy birlik yoki simvollar
bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday
birlik yaxlit mavzu bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda
ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun
ham ko‘pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin
deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik
tashabbus, hamkorlik va hokazo);
b) yaxlit abzaslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan mavzular
(masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va
hokazo);
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari;
g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar,
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va
shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta
ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir
tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot
so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni
tushuntirib berish kerak.
So‘rov metodi
So‘roq metodlari. So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi,
ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi
shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin
bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z
fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob
beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi
materiallar to‘planadi.
So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida
oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki,
komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq
o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda
doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining
sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va
sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda
ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida
ishlatib kelinmokda.
Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat,
intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir.
Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib xizmat
qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr
almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida,
qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda
bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu
jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat
shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u
odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy
psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik
kursidan o‘tadilar.
Anketa usuli
Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani
o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab,
sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan
savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z
fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari
berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan
javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan
vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik
ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan
o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob
variantlarini topib bo‘lmaslikdir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi
yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki,
ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar
qoldiriladi.
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi:
1. Kirish qismi yoki “respondenga murojaat" deb ataladi. Bu qismda odatda tadqiqot
o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi,
tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan
holda ishlatilishi (anonimlilik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Yo‘riqnoma —
murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan
munosabatiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |