160. Ierarxik metod bu? a)*ijtimoiy tadqiqotlarning tuzilishi, ya'ni tarkibi, o'zgarishlarning o'zaro uzviy ketma-ketligi, rivojlanish bosqichlarini o'zida mujassamlashtiradi;
b) ko'p ukladli metodlar ikki yoki undan ortiq metodlarni birdaniga qo'llashni bildiradi;
c) yig'ilgan ma'lumotlarning son jihatidan tahlili amalga oshirilib, ma'lumotlarni sifat jihatidan tahlil qilish esa ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda qo'llanilgan chora-tadbirlarni samaradorligi ko'rsatkichida ifodalanadi;
d) ma'lumotlarning dolzarbligi yoki rivojlanish darajasi yoki muammolarning soni bo'yicha guruhlash asosida yaxlit tizimlashtiriladi.
161. Ijtimoiy ta’minot tushunchasiga ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. a) davlatning ijtimoiy rivojlanish, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy
himoya qilish sohasida muvofiqlashtirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlari tizimidir;
b) ijtimoiy tadqiqotlarning tuzilishi, ya'ni tarkibi, o'zgarishlarning o'zaro uzviy ketma-ketligi, rivojlanish bosqichlarini o'zida mujassamlashtiradi;
c)* jamiyatning ayrim qatlamlari yoki kishilarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va turli ijtimoiy muammolarni hal etishda qo'llaniladigan ijtimoiy mexanizmlar majmuasini anglatadi;
d) kishilar ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo'llab-quvvatlash, himoyalash, to'g'ri yo'naltirish va mehnat qobiliyatini qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
162. Ijtimoiy ehtiyojlar deganda nima tushuniladi? a)*ijtimoiy ta'minot institutlari tomonidan o'rganiladigan va belgilanadigan tovar va xizmatlar tarkibi hisoblanadi;
b) aholining ehtiyojmand qismini (qariyalar, yolg'iz onalar, yetim bolalar, talabalar, nogironligi bor shaxslar hamda kam ish haqi olib ishlovchilar kategoriyalari) qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi;
c) birlamchi zarur bo’ladigan mahsulotlar;
d) kishi ehtiyojlarini qondirishda zarur bo’ladigan tovar va xizmatlar yig’indisi.