Ijtimoiy sugʻurta. Davlat ijtimoiy sug’urtasi. Ijtimoiy sug‘urta modellarining jahon tajribasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə2/6
tarix06.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#125656
1   2   3   4   5   6
Davlat ijtimoiy sug — копия

Davlat ijtimoiy sug’urtasi.

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta munosabatlari “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi” hamda boshqa tegishli qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasida hududida barcha xodimlar davlat yo‘li bilan ijtimoiy sug‘urta qilinadi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek, sug‘urta qilingan xodimlarning o‘zlari badal to‘laydilar. Agar ish beruvchilar tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamagan bo‘lsa, sug‘urta qilingan xodim davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan mahrum bo‘lmaydi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan beriladigan ta’minot turlariga quyidagilar kiradi:
- vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari. Ayollar uchun bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;
- bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
- davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ta’minlanadilar.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ishchi xodim kasal bo‘lganda, mehnatda mayib bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan, turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilganda, karantin e’lon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi.
Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Har bir tug‘ilgan bola uchun beriladigan nafaqaning miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan.
Sug‘urta qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etganda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan miqdor va tartibda dafn etish marosimi uchun nafaqa to‘lanadi.


  1. Yüklə 1,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin