ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1534 www.ares.uz Shu bilan birgalikda jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida
jamiyatda ma‟naviy sohada quyidagi vazifalarni ham bajarishimiz maqsadga
muvofiqdir:
- yoshlarimizni ma‟naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol
ishtirokchisiga aylantirish;
- turli qarash va fikrga ega bo„lgan yoshlarning o„ziga xos orzu-intilishlarini
uyg„unlashtiruvchi g„oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil
inson, yagona Vatan tuyg„usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga
qarshi ma‟rifat, innovatsion taraqqiyotni ta‟minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun
muqaddas
maqsadga
aylanishiga
erishish,
milliy
hamjihatlikni
yanada
mustahkamlash;
- ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka
tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish.
Buning uchun, avvalo:
- ommaviy axborot vositalarida milliy ma‟naviyatimiz aks etgan ko„rsatuvlar,
seriallar, kino va badiiy filmlar namoyishini omma e‟tiboriga taqdim qilish;
- internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko„paytirish hamda
yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g„oyalarni singdirib borishni
ta‟minlash;
- jamiyatda ma‟naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy
etish hamda qonun ustuvorligini ta‟minlash zarurdir.
XXI asrda davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda salohiyati ko„p
jihatdan xalq ma‟naviyatining yuksakligi va pokligiga, yoshlarimizning intellektual
savodxonligiga, ular ongi, ichki dunyosi va qalbida milliy g„oyaning rivojlanganligi
bilan chambarchas bog„liqdir. Bunda esa internet tizimining ijtimoiy tarmog„idan
tarqatilayotgan turli xil yot g„oyalarga qarshu mafkuraviy immunitetining
nechog„liq shakllanishiga bevosita aloqadordir.