Ijtimoiy tarmoqdagi tuzoqlarning yoshlar



Yüklə 256,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix03.06.2023
ölçüsü256,34 Kb.
#124227
1   2   3   4   5   6
ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri (1)

 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo„lgan ehtiyojning pasayib 
ketishiga sabab bo„lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda 
o„zining doimiy ko„rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot 
qiluvchi insonlar ko„pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan 
ayri holda kechadi va inson o„zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Bu 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 1533 www.ares.uz 
esa insoniy tuyg„ularning yo„qolib borishiga zamin yaratadi. Yaqin o„tmishimizda 
insonlar o„rtasida “uyga keling” deb taklif qilingan bo„lsa, endilikda “telegram 
kanalim”ga tashrif buyuring, “Facebookdagi sahifam”ga kiring degan takliflardan 
ajablanmay qo„ydik. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, shiddatli global o„zgarishlar davrida yoshlar 
ong-u shuurini internet tizimining ijtimoiy tarmog„i orqali kirib kelayotgan zararli 
g„oya va ta‟sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda. Bu esa o„qituvchilar, ma‟naviyat targ„ibotchilari, ota-onalardan yanada 
hushyor va ogoh bo„lishni, yosh avlodning g„oyaviy-mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlash borasidagi ishlar ko„lamini yanada kengaytirishni talab qiladi.
Ma‟lumki, dunyoda g„oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy 
tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma‟naviyatini yuksaltirish, 
ularning tafakkurida sog„lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim 
vazifadir. Bunday murakkab va tahlikali davrda ma‟naviy – ma‟rifiy ishlarni zamon 
talablari asosida tashkil etish yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya 
qilish, yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon – atrofda yuz 
berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, diniy ekstremizm, xalqaro 
terrorizm, zo„rlik bilan joriy etish oqibatida xalqaro maydondagi ziddiyat va qarama 
– qarshiliklar kuchayib borayotgan bir vaziyatda o„zimizning kelajak strategiyamizni 
aniq belgilab olish, g„animlarning g„arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har 
tomonlama anglab olish va keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz 
mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug„dirishi mumkin bo„lgan 
tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
milliy g„oya targ„iboti va mafkuraviy jarayonlarning amaliy ishlari va ijobiy 
natijalarini yoshlarga tushuntira bilish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning “Ma‟naviyat va ma‟rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi” 
ekanligi to„g„risidagi qarashlarining mazmun-mohiyatini har bir fuqaroga, xususan, 
yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarur. 
Umuman, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy 
ta‟sirining oldini olish uchun yoshlarning ma‟naviy salohiyatini oshirish, iqtidorli va 
iste‟dodli bolalarning o„z ijodlarini erkin namoyon etish va axborot almashish 
imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari 
orqali maxsus internet dasturlarini ko„proq tuzib, yoshlarga mo„ljallangan turli 
mavzular bo„yicha maqsadli loyiha va sohaviy tizimli dasturlarni tayyorlash va ularni 
doimiy tarzda yangilab borish maqsadga muvofiqdir. 



Yüklə 256,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin