Tuzilmaviy (struktura) nisbiy miqdorlari o’rganilayotgan to’plamning tarkibini xarakterlaydi va to’plam bo’laklari (elementlari)ning umumiy to’plamga nisbati bilan aniqlanadi. Misol. Siz o’qiyotgan fakultetda 375 ta student mavjud. Shulardan 175 tasi qiz bolalar, qolganlari (200) o’g’il bolalar. Jami studentlar soni 100 foizni tashkil qiladi. O’g’il va qiz bolalarning umumiy to’plamdagi hissasini aniqlash kerak.
O’g’il bolalar hissasi =
Qiz bolalar hissasi =
Bu ko’rsatkichlarning yig’indisi teng (53,3+46,7)= 100 % ga teng
Koordinatsiya nisbiy miqdorito’plamdagi bo’laklarning bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi va bevosita o’zaro bog’langan hamda qisman o’xshash bo’lgan ko’rsatkichlarni tipik jihatdan xarakterlaydi. Masalan, shahar va qishloq aholisi nisbati, ayollar va erkaklar nisbati, iste’mol va jamg’arma fondlari nisbati va h.k. Misol. Restoranning bir kunlik oboroti 1160 ming so’m. Shundan 780 ming so’mga o’zida ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgan, qolgani (380 ming so’m) sotib olgan tovarlarni sotish bo’yicha oborot. Bu erdan:
KHM = so’m
Demak, restoranda bir so’mlik sotib olingan tovarlarni sotish oborotiga 2,05 so’mlik o’zida ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish to’g’ri kelayapti. Bu degani, restoran asosan spirtli ichimliklar va sigaret sotish bilan emas, balki o’zida tayyorlangan mahsulotlarni (tayyorlangan ovqatlarni)xaridorlarga sotish bilan shug’ullangan.
Intensivlik nisbiy miqdorihodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, yoyilishini xarakterlaydi. Intensivlik nisbiy miqdoriga aholining zichligini (aholi soni/territoriya), tug’ilish, o’lish, tabiiy va mexaniq harakati ko’rsatkichlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Taqqoslash nisbiy miqdoriturli ob’ekt va hududlarga mansub bo’lgan bir xil ko’rsatkichlarning nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSH va O’zbekistonda yoki O’zbekiston va Rossiyada kishi boshiga iste’mol qilingan tuxum, go’sht yoki bitta oilaga to’g’ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy miqdorlarni boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni taqqoslama holga keltirib olishi kerak. Taqqoslama bo’lishi uchun, ikki mamlakatning ko’rsatkichlari mohiyati va mazmuni bo’yicha bir xil, ular yagona metodologiya bilan hisoblangan, bir xil o’lchov birliklarida keltirilgan bo’lishi kerak, aks holda, ularni taqqoslash noto’g’ri xulosalarga olib keladi.