2. Ta’lim-tarbiya bola (o‘quvchi) shaxsni ijtimoiylashtirish omili sifatida. 3. Ijgimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishi.
Asosiy tushunchalar:ijtimoiylashuv, ijtimoiylashuv omillari, mexanizm, vosita, agent va boshqalar.
1-masalaning bayoni Ijtimoiylashuv tushunchasi. "Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan. "Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog F. G. Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan. U "Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir” degan fikrni bildiradi. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo bog‘lanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini tahlil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi:
— subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi sifatida qaraladi (E. Dyurkgeym, T. Parsons);
— subyektiv-subyektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo buladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon buladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bulgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan uziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Inson (bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J. PiaJe, R. Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir. Individuallashuv insonning obyektiv ehtiyojlar bilan bog‘liq hrlda jamiyatda ma’lum darajada alohidalikka intilishi bo‘lib, uning yoshligidayoq o‘z-o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan harakatlarida paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj quyidagicha namoyon bo‘ladi:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklarga ega bo‘lish;
v) o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘zi hal qilish;
g) o‘z mavqeini anik^ab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida moslashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga, bunday hollarda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1.Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini
chuqurlashtirish, xulq-atvor meyorlarini o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, uz ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bulgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning qayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari: muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanish. Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, rasmiy va norasmiy qarorlar, ta’qiqlashlar, ruxsat berish, majburlash kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota- onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport).
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga xilma-xil faoliyat turlari mos kelishi anik ko‘rtilgan. Bolaning barqaror rivojlanish ining eng muhim shartlaridan biri muloqotdir. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi:
1) go‘daklik davri — bevosita hissiy-ruhiy;
2) go‘daklikdan keyingi davr — predmetli faoliyat;
3) maktabgacha davr — rolli o‘yinlar;
4) ilk maktab davri — o‘quv faoliyati;
5) o‘smirlik davri — kasb ta’limi faoliyati;
6) o‘spirinlik davri — shaxsiy muloqot faoliyati.