Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari.(4 soat) Reja



Yüklə 36,66 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü36,66 Kb.
#180540
1   2   3   4   5   6
Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari.(4 soat) Reja-1

2-masalaning bayoni

Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olibborish. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylanishigacha bulgan murakkab davrni uz ichiga oladi. Sunggi yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish yanada keng rivojlanmoqda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik, tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal qilinmoqda.


Davlatimizdagi o‘zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Chunki ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks etmasligi mumkin emas. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqib, umumta’lim maktabi o‘zining o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib chiqib, birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda:
— ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil
qilish;
- maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish;
— maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish;
— maktab ishini takomillashtirish;
— o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli
- to‘garaklar tashkil etish.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Hozirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshirilmoqda:
- Maktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda hamda bepul ovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazilmokda.
- Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o‘rganadi, ota-onalar va bolalarga maslahat beradi.
-Maktabda mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmati maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qiladi hamda karantin sinflarini nazorat qiladi. Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri rahbarlik qilib, maktabning ta’lim muassasalari, turli davlat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi.
Ota-onalar qo‘mitasi ham o‘z o‘rnida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli hodimi hisoblanadi. Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniklaydi. U bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alo\ida mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola tarbiyasidagi muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya xodimlari xizmatidan foydalanadi.
Ko‘pgina G‘arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘iicha komissiya ro‘yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrofdagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirishning o‘zi ham yetarlicha yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o‘z tarbiyaviy ishini sshibborishda ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, turli mehnat va turistik bo‘linmalar uyushtiriladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ish tashkil kdlishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga soladi. U doimiy tarzda sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va natijalar yuzasidan maktab pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi, ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko‘nikishlariga yordam ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning o‘qishlari masalasini hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan foydalanishlarini, bolalarning reabilitatsion
markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘riibosari o‘z faoliyatida to‘garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi. Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil tadbirlar turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi vazifalari universaldir.
1) guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o‘rgatadi, ya’ni
ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi.
2) tengqurlar guruharida ijobiy xulq-atvorga o‘rgatiladi.
Bu ularga namunaviy xulq -atvorlarni ko‘rsatish, g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qullash orqali amalga oshiriladi.
3) tengdoshlar guruhlari bolalar , o‘smirlar va o‘spirinlarning kattalar, xususan, ota-onalar ta’siridan avtonomlashuvlari jarayonida muhim o‘rin tutadi.
4) guruh o‘z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo‘lish
imkonini beradi.
O‘rtoqlar va og‘aynilar guruhlari kiyinish va yurish-turish borasida tengdoshlar jamiyatiga mos bo‘lishga harakat kilishadi. Shu bilan bir vaqgda ular o‘z mustaqilliklarini saqlab, boshqa bolalarni o‘z guruhlariga qo‘shmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh o‘z a’zolari tomonidan ekologik chuqurlik” sifatida qabul qilinadigan o‘ziga xos ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.
Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh o‘smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do‘stlik rishtalari, simpatiya birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Aslida, ular ontogenezda ancha avval paydo bo‘lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.
Shaxsiy munosabatlarda guruxdagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, bunda bir bola xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo‘ladi. Shaxsiy munosabatlar bola o‘z atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda, yorqin namoyon bo‘ladi.
Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati bu bolalarga jamiyatga ko‘nikishlariga va o‘z meyorlarini yaratishlariga ko‘maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir. Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O‘smirlar, o‘spirinlar submadaniyatining namoyon bo‘lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu hol ijtimoiy pedagog tomonidan to‘gri qabul qilinishi kerak. O‘smirlar kichkina bolalarga nisbatan ancha faol va tavakkalchidirlar, o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ular yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidiradilar. O‘spirinlik davrining inqirozi ham ko‘p borada yangi muqobil faoliyat meyorlarini yaratishga bog‘liq. Shuning uchun o‘smir va o‘spirin submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. O‘smirlar yoki o‘spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o‘zgarishlar, yolg‘izlik, OAVlarning qarama-qarshi ta’siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog‘liq. Bu hollarda o‘smirlar va usprinlar guruhlari turli g‘ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari ham mumkin.
O‘smirlar va o‘sprinlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisi, u umumiy jihatlarga ega bulib, turli mintaqa va yo‘nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo‘nalish esa yoshlar submadaniyatining g‘ayrimadaniyatlar ta’siriga bog‘limigi. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, biroq qabul qilingan xulq-atvor meyorlariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. G‘ayri ijtimoiy madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.



Yüklə 36,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin