Ikki eshik orasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.06.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60488
1   2   3   4
ikki-eshik-orasi-romanida-milliy-ruhning-poetik-takomili

 
 
 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022
113 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
KIRISH
O‘tkir Hoshimov – el ardoqlagan adib, so‘z san`atkori! Adibning barcha asarlari 
o‘zbek va va boshqa qardosh xalqlar mulkiga aylanib ketgan. “Bahor qaytmaydi”, 
“Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki soya bor”, “dunyoning 
ishlari”, “Ikki karra ikki – besh ” kabi qissa va romanlari, yuzdan ortiq dilbar hikoyalari, 
komediya va fojealari xalq orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. 
Kitobxon sifatida men adibning “Ikki eshik orasi” romaniga to‘xtalmoqchiman. 
Ushbu roman 1986- yilda nashr etilgan bo‘lib, undagi voqealar Toshkent yaqinidagi 
qishloqlardan birining chorak asrli hayoti haqida hikoya qiladi. Undagi voqealar urush 
arafalarida boshlanib, urush yillarida va urushdan keyingi davrda davom etadi. 1966-
yildagi Toshkent zilzilasi bilan tugaydi. Romanning kompozitsiyasi ham original. U 
yetti qismdan iborat, bu qismlar qirq yetti bobdan tashkil topgan. Bu boblar esa 
qahramonlar tilidan hikoya qilingan. Romandagi voqealarni hikoya qilishda to‘qqizta 
personaj ishtirok etadi. Bu tasvir usuli anchayin qiyin, chunki voqealar tarqalib ketishi, 
ular orasida uzilish ro‘y berishi hech gap emas. Ammo muallif asarning oxirigacha 
“kalavaning uchini qo‘ldan chiqazmaydi”. Natijada romanda muayyan ichki yaxlitlik 
paydo bo‘ladi. 
 
ASOSIY QISM
“Ikki eshik orasi” romanida voqea Toshkent atrofidagi qishloqlardan birida, 
asosan, ikkinchi jahon urushi yillarida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, adib asarda o‘rni-
o‘rnida qishloq kishilarining urushdan oldingi va urushdan keyingi hayotidan ham 
hayajonli lavhalar chizadi. Adib asar syujeti va kompozitsiyasini ishlashda mumtoz 
adabiyotda (“Sab`ayi sayyor” dostonida) mavjud bo‘lgan qoliplash san’atidan ijodiy 
foydalanib, yangilik yaratgan. Roman voqeasi Robiya, Qora amma, Kimsan Xusanov, 
Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra’no, Umar zakunchi, Olimjon Komilov 
kabi turli xarakter va turli toifadagi to‘qqizta obraz tilidan hikoyalar tizmasida berilgan. 
Bu hikoyalar mazmunan bir-biri bilan mahkam bog’langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
Shu tariqa ular romanning bir butun tugal, original va jozibador syujetini hosil qiladi. 
Asarda asosiy obrazlargina emas, balki Rashid, Abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov 
singari epizodik obrazlar ham kitobxon yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Asarda 
sun’iylik yo‘q, aksincha ishontirish san’ati kuchli. Adib qaltis, murakkab masalalarni 
ham, favqulodda topqirlik bilan ishonarli qilib tasvirlaydi. Qora ammaning o‘z o‘g’li 
Kimsanning sevgilisi Robiyani ilojsizlikdan Shomurodga to‘y qilib uzatishi, Orif 
oqsoqolning yoshlik qilib yo‘ldan ozgan keliniga mardlik bilan adolat qilishi,
qismatlari chalkashib ketgan Muzaffar va Munavvar sevgisi tasvirlangan sahifalarda 
ayniqsa bu hol ochiq ko‘rinadi. Muzaffarning urush davri chigalliklari tufayli tirik 
yetimga aylanishi, ko‘p jabr sitamlar tortishi va o‘zining tuqqan onasi Ra’no urush 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin