114 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz to‘zonlari Ichida dovdirab yo‘ldan toyib hayot so‘qmoqlariga kiradi va eriga xiyonat
qiladi. Umar zakunchining hiylasiga uchib unga o‘ynash bo‘ladi. Muallif bu
voqealardan muhim ma’naviy xulosa chiqaradi — Umar zakunchi bag’ri toshligi,
nopokligi uchun, Ra’noning subutsizligi, o‘ylamay ish qilishi, o‘z baxtini ardoqlab
avaylamagani uchun keyinchalik butunlay baxtsiz bo‘lishadi. Ular odamlar nazaridan
qolib, iztiroblarga, ruhiy qiynoqlarga to‘la hayot kechirishga majbur bo‘lishadi. Mening
fikrimcha ular shunga loyiq edilar!!! Ra’noning hamma narsasi bor edi, hattoki umr
yo‘ldoshi Shomurod uni jonidan ortiq ko‘rardi, lekin Ra’no buning qadriga yetmadi.
Ra’no o‘z nafsining qurboni bo‘ldi. Hattoki dunyodan ko‘z yumganida farzandi
Muzaffar uni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun ham bormaydi! Oilaga hiyonat bu —
vatanga hiyonat demakdir!
“Ikki eshik orasi” romani personajlarga boyligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi.
Ularning orasida Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabilar ajralib turadi. Muallif,
ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini mukammal chizishga muvaffaq bo‘lgan. U xalq
o‘rtasida katta obro‘ga ega, eng og’ir damlarda ham odamlarni qiyin ishlarga
otlantiroladi. U ko‘pgina o‘zbek qariyalari kabi tashabbuskor va donishmand. Ayni
choqda haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U
odamlarni baholashda o‘z me’yoriga ega — odamning belida belbog’I bo‘lishi kerak.
Belbog’ uning uchun mardlik, tantilik, odamiylik belgisi.
Asarda Kimsan Husanovning ham obrazi muvaffaqiyatli chiqqan. U roman
voqealarida kam ishtirok etgan bo‘lsa ham ikki bobdagi hikoyasi orqali uning tanti,
mard,oriyatli, jasur—belida belbog’i bor yigit ekanligini bilishimiz mumkin. U vatani
uchun o‘z jonini fido etadi.
Romanda ayollar obraziga ham keng o‘rin berilgan. Ular ichida, ayniqsa, Qora
amma ajralib turadi. Qora amma—mehribon, soda, bardoshli va jafokash ayol. Uning
obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi tasvirlangan. U boshiga tushgan
barcha ko‘rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib o‘zida yashashga kuch topadi.qora
amma olti farzandini yerga qo‘yib, bittagina Kimsaniniyer-u ko‘kka ishonmasdan katta
qildi. Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin
deb yolg’iz farzandi –Kimsanini urushga kuzatadi. Biroq o‘g’li urushdan qaytmaydi,
lekin mushtipar ona bu xabarga ishonmaydi. Hattoki, yillar o‘tsada unga a’za ochmaydi.
Ona… bu zotni ta’riflashga til ojizdir!
Romandagi yana bir ayol obrazi bu – Robiya. Afsuski, unga ham taqdir kulib
boqmadi. Yoshligida onasidan yetim qoladi va otasi tarbiyasida ulg’ayadi. Robiya juda
aqlli, matonatli, go‘zal bir o‘zbek qizi sifatida asarda tasvirlanadi. Urush tugaganiga bir
necha yil bo‘lsada, sevgilisi Kimsanni sadoqat bilan kutishda davom etadi. Ammo…
Ammo taqdirning gardishi bilan u o‘zining tutungan tog’asiga turmushga chiqishga
majbur bo‘ladi. Ra’noning qilgan nomaqul ishlari uchun Robiya jabr chekadi. U sabrli,
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022