Ikki fazali oqimlar va ularning ishlab chiqarishdagi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 484,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix09.06.2023
ölçüsü484,86 Kb.
#127283
1   2   3   4   5   6
ikki-fazali-oqimlar-va-ularning-ishlab-chiqarishdagi-orni

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 207  www.ares.uz 
Ikki fazali oqimlarning o'ziga xos xususiyati quvurdagi bosim pulsatsiyasidir. 
Bu nasos uskunalari, asboblar va boshqalarning normal ishlashini buzilishiga olib 
keladi. 
Bundan tashqari, yer maydonidan o’tkazilgan quvurlarning real ishlash 
sharoitida tortishish kuchlari ishqalanish kuchlari bilan birgalikda gaz-suyuqlik 
oqimiga ta'sir qiladi. Natijada, suyuqlik fazasi ko'tarilgan qismlarda, gaz fazasi esa 
quvur trassasining tushayotgan qismlarida to'planadi. Masalan, quvur tizimining 
ishlashi paytida barqaror gaz probkalari va suyuqlikning (suv yoki kondensat) to'planib 
qolishi natijasida oqim maydonining pasayishi yoki quvurlarning to'liq tiqilib qolishi 
bilan bog'liq asoratlar paydo bo'ladi. 
Magistral quvurlari orqali quyiladigan neftda deyarli har doim erigan neft gazlari 
mavjud bo’lib, ular bosim pasayganda suyuqlikdan chiqarilgan gazning mahalliy 
birikmalarida to’planishi mumkin. 
Bundan tashqari, neft quvurlarida suv qo’shilgan neflarni haydash bilan bog’liq 
suv tiqinlarining hosil bo’lishi mumkin. Suv va gazning to’planishi quvurlarning ishchi 
kesimini pasaytiradi va ularning gidravlik qarshiligini oshiradi. 
Shunga o’xshash qiyinchiliklar, ayniqsa, qishda yoki ishga tushirish davrida 
beqaror suyuqliklarni quvur orqali tashishda yuzaga keladi. 
Gaz quvurlarini ishlatish jarayonida tashilayotgan mahsulot tarkibida namlik
mavjudligi ularning normal ishlashini ham qiyinlashtiradi, vodorod sulfidining 
koroziyasini oshirishdan tashqari u turli xil operatsion asoratlarini keltirib chiqaradi. 
Suv bug’lari quyuqlashishi mumkin, bu quvur liniyasi orqali gazning normal oqimini 
buzadi. 
Trassaning gorizontal va tushayotgan uchastkalarida suyuqlik quvur devorlari 
bo’ylab plyonka shaklida harakatlanadi. Suyuq plyonka mavjudligi gaz oqimining 
gidravlik qarshiligini sezilarli darajada oshiradi. Suyuqlikning eng katta miqdori gaz 
quvurining ko’tarilgan qismlarida to’planib, gidravlik zatvor hosil qiladi, quvur 
qismini qisman yoki to’liq qoplaydi. 
Bundan tashqari, tegishli harorat va bosim sharoitida gidratning avvalgi (gaz, 
kondensat) va erkin suvning (suyuq suv, muz, gaz yoki suyuq gidrat hajmida tarqalgan 
suv, quvur liniyasi yuzasida suv plyonkasi va boshqalar) borligi gitratlarning paydo 
bo’lishiga yordam beradi. Ushbu sabablar gidravlik qarshilik va gidrostatik bosimning 
pasayishiga olib keladi. 
Quvurlarni 
ishlatishda 
operatsion 
asoratlarning 
mavjudligi 
ularning 
gidrodinamik rejimlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniq, bu ayniqsa quvur liniyasi 



Yüklə 484,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin