Ikkinchi tartibli egri chiziqlar


Giperbola va uning kanonik tenglamasi



Yüklə 356 Kb.
səhifə2/9
tarix28.04.2022
ölçüsü356 Kb.
#56595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ikkinchi tartibli egri shiziqlarni proektiv xususyatlariga asoslanib chizish

Giperbola va uning kanonik tenglamasi

Tekislikda fokuslari deb ataluvchi berilgan F1 va F2 nuqtalargacha masofalari ayirmasi absolut qiymati o`zgarmas kattalikka (nolga teng emas va fokuslar orasidagi masofadan kichik) teng nuqtalar to`plamiga giperbola deyiladi.

Agar o`zgarmas kattalik 2a, fokuslar orasidagi masofa 2c orqali belgilansa va yuqorida ellips uchun tanlangan koordinatalar sistemasi tanlansa, u holda giperbola tenglamasi quyidagi kanonik ko`rinishga keladi:

, bu yerda b 2 = c 2 – a 2 (c > a).

Giperbola fokuslari: F1(-c; 0) va F2(c; 0) (4-rasm).

0 nuqta giperbolaning simmetriya markazi, koordinata o`qlari esa uning simmetriya o`qlaridir. Giperbola abssissa o`qini haqiqiy uchlari deb ataluvchi A1(-a; 0) va A2(a; 0) nuqtalarda kesadi.

0A = a kattalik uning haqiqiy yarim o`qi deyiladi. B1(0; -b) va B2(0; b) nuqtalar giperbolaning mavhum uchlari deyilsa, 0B2 = b kattalik uning mavhum yarim o`qi deyiladi.

Giperbolaning asosiy to`g`ri to`rtburchagi deb, markazi koordinatalar boshida, tomonlari koordinata o`qlariga parallel va uning uchlaridan o`tuvchi to`g`ri to`rtburchakka aytiladi.

Giperbola o`zining ikkita tenglamalar bilan aniqlanadigan asimptotalariga ega. Giperbola asimptotalari uning asosiy to`g`ri to`rt-burchagi diagonallaridir. Giperbolani qurish uchun dastlab uning asosiy to`g`ri to`rtburchagini va asimptotalarini qurgan ma`qul.

Giperbola ekstsentrisiteti bo`lib, uning asosiy to`g`ri to`rt-burchagining cho`zinchoqligini xarakterlaydi.

Simmetriya markazi (x0; y0) nuqtada va simmetriya o`qlari koordinata o`qlariga parallel giperbola



tenglama bilan aniqlanadi.

Yarim o`qlari teng, ya`ni a = b giperbolaga teng tomonli giperbola deyiladi. Teng tomonlama giperbola tenglamasi x– y= a2 ko`rinishda bo`lib, uning asosiy to`g`ri to`rtburchagi kvadratdan iborat va ekstsentrisiteti ga teng.

4-rasm. 5-rasm.



Masala. Asimptotalari tenglamalar bilan berilgan, fokus-lari orasidagi masofa 10 birlikka teng bo`lgan giperbola tenglamasini tu-zing.

Giperbola fokuslari abssissa o`qida yotadi deb qarab, uning kanonik tenglamasini tuzamiz: .

Fokuslar orasidagi masofa F1F2  = 2c = 10 bo`lganidan, c = 5.

Giperbola uchun c2 = a2 + b2 bo`lganidan va berilganidan foydalanib, quyidagi sistemani tuzamiz va uni yechamiz:



Sistema yechimi: va . Demak, giperbola tenglamasi kanonik tenglamadan iborat (5–rasm).



Yüklə 356 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin